Tashrif xayrli amaldan - Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur'on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o'qildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog'ida ushbu ishlar ko'zdan kechirildi.
Avvalo, Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo'lak tiklandi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband maqbarasiga sunnatga muvofiq qibla tarafdan yurib boradi.
- Yuz yil vayron bo'lib yotgan bu darvozani tiklaganimiz - o'zlikni anglash, tarixga hurmatimiz ifodasi, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Endi bu erdagi har bir obidaga, xonlar dahmalariga bitiklar yozib qo'yish kerak. Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o'rganib, ma'naviy ruh olib o'tsin.
Toqi miyona darvozasining ikki yoni boqqa aylantirilgan. Muzey va tahoratxona barpo etilgan. Yo'qolib borayotgan Doniyolbiy madrasasi tiklanmoqda.
Olimlar bilan suhbatda Bahouddin Naqshband merosini chuqur o'rganish haqida fikr almashildi. Chet davlatlardan manbalarni olib kelish, ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash, muzeyni Imom Buxoriy majmuasidagidek mazmunan boyitish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, ziyoratchilar, jumladan, xorijiy turistlar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Mutasaddilarga shularni qamrab olgan holda, olimlarning takliflari asosida qaror ishlab chiqish topshirildi.
manba: https://uza.uz/posts/603560
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati