Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Saxovat – jannatga etaklovchi fazilat

04.06.2024   939   5 min.
Saxovat – jannatga etaklovchi fazilat

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai-rahm kabi ulug' fazilatlar doimo insonga ziynat bo'lib kelgan. Bunday olijanob xislatlarni o'zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og'irini engil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. Binobarin, inson ezgulik yo'lida sa'y-harakat qilsa, umriga, rizqiga baraka kiradi, hayoti osuda, qalbi xotirjam bo'ladi.

Sahovat – bu ikki toifa o'rtasini bog'lovchi, ularni ulfat qiluvchi va har ikkisini dunyo imtixonidan yaxshi o'tishga yordam beruvchi amallardan biridir. Qur'oni karimning ko'plab oyatlarida odamlarga infoq-ehson qilish, ya'ni sahovat haqida gap ketadi. Alloh yo'lida qilinadigan sadaqa va ehsonlarning fazilati to'g'risida Qur'onda shunday deyilgan:

Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordi-yu, kambag'allarga pinhona bersangiz – o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o'tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir(Baqara surasi, 271-oyat)

Hayr-ehsonning barcha ko'rinishlari, xoh u nafl bo'lsin xoh farz bo'lsin, barchasi gunohlarning o'chirilishiga sabab bo'ladi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...Suv olovni o'chirganidek, sadaqa gunohlarni o'chiradi»dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati).

Demak sadaqani xoh oshkora xoh yashirinchi bersin, niyati xolis bo'lsa, sadaqaga va'da qilingan mukofotga ya'ni gunohlarining kechirilishiga erishadi. Ulamolar sadaqani insonning imoni borligini tasdiqlovchi amal deyishgan. Chunki xayri ehson qiluvchi kishi o'ziga begona bo'lgan va hech ham manfa'at kelmaydigan odamga imkonidan kelib chiqib bir narsani beradi.  Abu Molik Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sadaqa hujjat va dalildir (ya'ni imoni borligiga)», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Hayr-ehson faqat moddiy mablag'lar bilan bo'lmaydi. Ya'ni ehsonning ma'naviy turlari ham bo'ladi. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam)marhamat qilib aytdilar:

“Har bir musulmon kishisi sadaqa-ehson qilmog'i lozim. Sahobalar savol qilib so'rashdi: Ey Allohning Rasuli! Agar sadaqa qilishga biror narsa topa olmasa nima qiladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Qo'li bilan mehnat qiladi, o'ziga ham foyda keltiradi va sadaqa ham qiladi. Ular so'rashdi: Ey Allohning Rasuli! Agar bunga qodir bo'lmasa, nechora qiladi? Ul zoti sharif dedilar: Qiynalgan, muhtoj kishiga yordam qiladi. Sahobalar savol berishdi: Ey Rasululloh! Agar buni ham qila olmasa nima qiladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam javob berib aytdilar: “Yaxshilikka yoki xayriyatga yo'llaydi” Sahobalar so'rashdi: Buni ham qila olmasa-chi,? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilar: “O'zini yomonlikdan tiyadi, shu narsa undan sadaqa bo'ladi”.

Yana bir hadisi sharifda, Navos ibn San'on Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu kishi Rasulullohdan sollallohu alayhi va sallam yaxshilik va yomonlik haqida so'radi. Shunda u zot: «Yaxshilik – husni xulq, yomonlik – yuragingni g'ash qiladigan va odamlar ko'rib qolishini yoqtirmagan narsang», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Lekin sarf-xarajat va xayr-ehson qilishda ham isrofga yo'l qo'ymaslik lozim bo'ladi. Alloh taolo Qur'oni karimda infoq ehsonni mo''tadil qilgan bandalarini maqtab shunday degan:

“Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida – mo''tadildir” (Furqon surasi, 67-oyat).

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham hadislarining birida: “Yenglar, ichinglar, kiyininglar va sadaqa qilinglar, isrof va maqtanchoqlik qilmagan holda” (Imom Buxoriy rivoyati). Demak, ehson qilishning ham me'yori bor ekan.

Shunday ekan Alloh taolo hayotimiz va rizqimizni farovon aylab, isrofgarchilikka yo'l qo'yishdan va uning balolaridan O'z panohida asrasin va barchalarimizni yaqinlarga, muhtoj kishilarga yaxshilik qilishda peshqadamlardan bo'lishimizni, beradigan xayr-ehsonlarimizni ixlos va chin dildan ato etuvchi sahovatli insonlar safidan joy olishimizni nasib aylasin, hidoyat yo'lida sobitqadam qilib, barchalarimizni ikki dunyo saodatiga musharraf etsin!

Ma'rufxon ALOHODJAYeV,
Namangan shahar “Abdulqodir qori”
jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna – Butunjahon Islom uyushmasi rahbari

16.07.2025   11151   5 min.
O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna – Butunjahon Islom uyushmasi rahbari

Saudiya Arabistonining Makka shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov hamda Butunjahon Islom uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Issa  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv va tashrif Butunjahon Islom uyushmasi taklifiga binoan amalga oshirildi. Unda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turg‘unov ham qatnashdi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Markaz rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida jumladan, Markaz doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, barcha ilmiy va tashkiliy ishlar haqida ma’lumot berdi.

– O‘zbekiston Islom ilmi, fiqh va hadis sohasida yuksak merosga ega. Bu zaminda mashhur ulamolar, buyuk faqihlar, muhaddislar, mutafakkirlar va san’atshunoslar yetishib chiqqan, – dedi Islom uyushmasi bosh kotibi. – Ushbu merosning Islom olamidagi ahamiyati va dolzarbligini ko‘rsatishda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muhim o‘rin tutadi. Bu yurtning taniqli va mashhur allomalari tufayli Islom sivilizatsiyasining asl mohiyati xususan, insonparvarlik va bag‘rikenglik qadriyatlari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Mazkur megaloyiha bu boy merosni jahon hamjamiyatiga tanitishda asosiy ahamiyatga ega. Biz Butunjahon Islom uyushmasi nomidan ushbu sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Markaz bilan hamkorlik qilishdan benihoyat mamnunmiz! – deya ta’kidladi Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa.

Uchrashuv davomida Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar xususan, Islom sivilizatsiyasi markazining barcha tadbirlari, rejalashtirilgan turli anjumanlarga qiziqish bildirib, bu borada olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi va mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi  qanchalik ahamiyatli ekanligiga esa alohida to‘xtaldi. Shu o‘rinda Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan quyidagi iqtiboslarni keltirdi: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi”. Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekiston Prezidenti tomonidan BMT minbaridan turib ilgari surilgan mazkur ulkan tashabbus Butunjahon Islom uyushmasi nomidan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Markaz tarkibida Arab-islom xattotlik maktabini ochish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa ushbu loyihani to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatladi:

– Yangi O‘zbekiston loyihasi bo‘lmish bu xattotlik maktabi orqali Qur’oni karimning har bir surasini maxsus arab xatida, bezaklar bilan boyitilgan tarzda qo‘lda ko‘chirish maqsadga muvofiq, – deya taklif qildi Bosh kotib, – O‘zbekistondagi bo‘lajak Arab-islom xattotlik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, jahon miqyosida mashhur bo‘lgan katta tajribaga ega xattotlarni ushbu markazga jalb etish, xattotlarning ish faoliyati samarali bo‘lishi uchun ularni rag‘batlantirish va umuman maktab faoliyatini rivojlantirishda astoydil hamkorlik qilishga   tayyormiz.

Delegatsiya a’zolari Makka shahrida joylashgan Hiro madaniyat dahasi, Vahiy muzeyi, “Burj as-sa’a” minorasida joylashgan shu nomdagi muzey, Ka’ba kisvasi uchun qirol Abdulaziz majmuasi va Madina shahridagi “Bo‘ston” muzeyi, Payg‘ambarimiz (s.a.v) siyratlari  va Islom sivilizatsiyasi muzeyi, Jidda shahridagi Islom san’ati muzeyi va kutubxonasiga tashrif buyurdi va hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Bundan tashqari, Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi a’zolari muzey va kutubxonalarga qilgan tashriflari jarayonida Payg‘ambarimizning faoliyat va turmush tarzlarini ifodalovchi videolavhalar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etilishi masalasini ham ko‘rib chiqishdi. 

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Samarqandda yangidan bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi ziyoratchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasida ham fikr almashildi. Bu borada Saudiya Arabistoni tajribasidan foydalanish maqsadida Butunjahon Islom uyushmasi Tadbirlar va konferensiyalar bo‘limi boshlig‘i Shokir Saloh al-Advaniy bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida Islom uyushmasi vakili bu  masalada Saudiya Arabistonining yetakchi tashkilotlaridan biri “Ilm” kompaniyasi ko‘mak berishini bildirdi. Keyingi muhokamalar videokonferensiya shaklida davom ettirilishiga kelishib olindi. 

Islom sivilizatsiyasi markazi