Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Surxondaryo hojilari muborak safarga yo'l oldi

05.06.2024   1185   4 min.
Surxondaryo hojilari muborak safarga yo'l oldi
Termiz xalqaro aeroportida vohalik bo'lajak hojilarni “Haj” safariga kuzatish tadbiri bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov ishtirok etib, muborak safarga otlangan surxondaryoliklarga oq yo'l tiladi.

Viloyat bosh imom xatibi Aliakbar Sayfidinov yurt tinchligi va farovonligi, ziyoratchilarimizning safarlari bexatar bo'lishini so'rab duo qildilar.

Yurtimizda yildan yilga “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarimiz uchun qulayliklar va sharoitlar yanada yaxshilanib, O'zbekistonliklar uchun ajratilgan kvotalar soni ham ortib bormoqda. Hususan, bu yil 768 nafar vohadoshlarimiz muborak safarga yo'l olishdi.

Nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan diniy sohada, xususan, Muborak “Haj” safarini ado etish uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.


Surxonmuslim.uz
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ahli sunna va jamoa usuli

13.06.2025   5143   1 min.