Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Zulhijja oyi fazilati

06.06.2024   3394   6 min.
Zulhijja oyi fazilati

Alloh taolo nazdida zamon va makonlar fazlda barobar. Bir-biridan ortiq ë kam joĭi ĭŭq. Lekin O'zi fazilatli qilgan zamon va makonlar bundan mustasno.

“Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru erni yaratgan kuni o'n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to'rttasi (urush qilish) harom (oĭlar)dir. Mana shu to'g'ri dindir. (oĭ )larda o'zingizga zulm qilmang” (Tavba surasi, 36-oyat)

“Va u erda kim zulm ila yanglish yo'lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz” (Haj surasi, 25-oyat).

Olimlar ushbu ikki oyatni dalil qilib, muborak zamon va makonlarda qilingan yaxshilik ajr-savobi kŭpaĭ tirib ëzilganidek, gunohlar ham ziyëda qilib ëziladi, deĭdilar.

“Tongga qasam. (Zulhijja oĭ ining avvalgi) o'n kechaga qasam. Juft va toqqa qasam” (Fajr surasi, 1–3-oyatlar).

Mazkur oyatdagi "juft"dan murod zulhijja oĭining ŭninchi kuni, "toq"dan murod esa tŭqqizinchi kunidir. Mufassirlar Alloh taolo Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kuni bilan qasam ichgani uchun ham uni fazilatli, deĭdilar.

Abu Huraĭra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ibodat qilinadigan biror kun zul hijjaning o'n kuni-dan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro'zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo nazdida biror kun va u kunlarda qilingan amal ushbu o'n kundagi amaldan afzal bo'lmas. Bas, bu kunlarda tahlil va takbirni ko'paytiringlar. Chunki bu tahlil, takbir va Allohning zikr qilish kunlaridir. Bu kunlarda bir kunlik ro'za bir yilgi ro'zaga barobar bo'ladi. Bu kunlarda qilingan bir amalga etti yuz barobar (ajr) ko'paytirib beriladi"» (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Zulhijja oĭi zikr mavsumidir. Hadisi sharifda ham bu muborak oĭning avvalgi ŭn kunida zikrni kŭpaĭtirish, aĭniqsa, tahlil va takbir kabi zikrlarga alohida urg'u berish lozim.

"Ma'lum kunlarda Allohning ismini zikr qilsinlar" (Haj surasi, 28-oyat).

Olimlar bu kunlarda zikr qilishni mustahab sanaĭdilar. Jumhur ulamolar nazdida oyatdagi “Ma'lum kunlar”dan murod Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunidir.

Muhaddislar Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunida bajarilgan amallar Alloh taologa boshqa oĭlarga qaraganda mahbubroq bŭlgani uchun ham fazilatli, deĭdilar.

Zulhijja oĭining avvalgi ŭn kuni fazilati tŭg'risida juda kŭplab hadislar vorid bŭlgan. Aĭni ŭrinda mavzuimiz bilan bog'liq bir qancha hadislarni keltirish bilan kifoyalandik, xolos.

Hadisi shariflarni teran ŭrganib, tegishli xulosaga kelgan olimlar zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunini turli savobli amallar bilan ŭtkazishni, aĭniqsa, kunduzlarini rŭza tutib, kechalarini ibodat bilan ŭtkazishni tavsiya qiladilar.

Zulhijjaning avvalgi ŭn kuni afzalmi ëki ramazon oĭining oxirgi ŭn kuni afzalmi, degan masala ustida olimlar bahs munozara yuritishgan.

Olimlar, zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunining kunduzi, ramazon oĭining oxirgi ŭn kunining kunduzidan afzal. Ramazon oĭining oxirgi ŭn kunining kechasi zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunining kechasidan afzaldir, deĭdilar.

Hususan, zulhijja oĭining avvalgi ŭn kunida juda kŭp solih amallar bor. "Latoiful ma'orif" kitobida quĭidagi naql keltiriladi. Tobeinlardan Abu Usmon Nahdiĭ rahmatullohi alaĭh aĭtadi: "Oldingilar uchta ŭntalikni ulug'lar edilar: Ramazonning oxirgi ŭn kuni, Zulhijjaning avvalgi ŭn kuni va Muharramning avvalgi ŭn kuni".

Zulhijja oĭi ŭzida juda kŭp yaxshilik va fazilatlarni jamlagan. Bu kabi holatni boshqa birorta oĭda kŭrmaĭmiz. Zulhijja oĭida arafa kuni, nafl rŭza, Qurbon haĭiti, qurbonlik, haj, zikrlar, tashriq va shu kabi kŭplab solih amallar bor.

Davomi bor...

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining

"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muazzam kunlar og‘ushidamiz

05.06.2025   8072   4 min.
Muazzam kunlar og‘ushidamiz

Diyorimizga ulug‘ ayyom kirib kelmoqda. Qutlug‘ Iydul Azho vatandoshlarimizni xayru saxovat, mehr-oqibat sari chorlaydi. Bu bayram chin ma’noda odamiylik ayyomi. Insonlarga mehr, o‘ksik ko‘ngillarga shodlik ulashish fursati.


Qalblari himmat va karam ne’matidan bobahra xalqimiz bu muazzam kunlarni boy bermaslik uchun fursatni g‘animat biladilar va savobdan bahramand bo‘lib qolishga harakat qiladilar.


Dinimiz ko‘rsatmalari, shariat hukmlarini ustivor tutgan qodir vatandoshlarimiz qurbonliklar qilib, Haqni rozi qilishga, haqdorlar ko‘nglini olishga intiladilar. Yaratganning rahmati yog‘ilib turgan damlarda duolar mustajob bo‘ladi. Alloh taolo o‘zining kalomida “Parvardigoringiz uchungina namoz o‘qing va qurbonlik qiling”, - deb marhamat qiladi.


Bu borada sarvari koinot sayyidimiz ibratlari o‘rinli. Oila a’zolarimizni yo‘qlash, qo‘shnilar holidan xabar olishda, miskinlarni sevintirish-u, xastalar ahvolidan  ogoh bo‘lishda ularning hadisi muboraklari bizga nurli yo‘l, deymiz.


Amallar ko‘p. Ularga beriladigan savoblarning darajasi amalga qarab belgilanadi. Eng savobi ko‘p amal bu farz hisoblansa, boshqalarga yaxshilik ulashish undan keyingi o‘rinda turadigan ulug‘ ibodatdir!


Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida boshqalarga qilinadigan yaxshilikni farzdan keyingi o‘rinda turishini bayon qilib shunday dedilar: “Farzlarni ado qilishdan keyingi o‘rinda turadigan Allohga eng suyukli bo‘lgan amal bu musulmoning qalbiga xursandchilikni kiritishdir”.


Shuning uchun Shayx Abdulloh Hoshim rahmatullohi alayh qozilikdan kelgan maoshning teng yarmiga shirinlik sotib olib, o‘zlari bilan olib yurar va har doim uchratgan bolaga shirinlikdan berib, uni xursand qilar edilar.


Ulug‘ kunlarda turibmiz. Har damni g‘animat bilishlik, bir birimizga saxovatda ibrat bo‘lishimiz savobli amallar ekanini his qilmog‘imiz lozim. Bu kunda isrofgarchilikdan xoli dasturxonlar yozish, borimizni boshqalar bilan bo‘lishishga intilishimiz darkor. Xayrni,  yaxshilikni gunohga almashtirib qo‘ymaslik uchun ham uyg‘oq ko‘ngil bo‘lish talab etiladi.


Bugun muazzam kunlar og‘ushidamiz, dedik. Vatandoshlarimiz ulug‘ safarlarni ixtiyor etganlar. Ayni fursatlarda hojilarimiz Mino, Arofat vodiylarida, Muzdalifada – duolar qabul bo‘ladigan makonlarda, zamonlarda ibodatlar qilib, elu yurtga tinchlik, osoyishtalik so‘ramoqdalar. Bu duolar barakotidan diyorimiz ahliga qancha yaxshiliklar yetishadi, inshaalloh. Ibodatlar huzurini totgan odamlarning qalbi salim, ehsonu, muruvvatda peshqadam bo‘lishlari bu eng katta yaxshilik aslida. Hojilarimiz safar odoblarini tushunib, ulug‘ dargohlardan nasibador bo‘lib qaytadilar. Diyorimizga qaytganlaridan so‘ng esa yoshlarimiz ma’naviyatiga kamarbasta bo‘ladigan, Haq va haqiqat yo‘lida sidqidil xizmat qiladigan xolis Haq xizmatchilariga aylanadilar, degan umidimiz bor. Bunday ulug‘ ziyoratlar insonni qaysi yoshda bo‘lmasin, ezguliklarga xayrixox qiladi. O‘zgalar qalbini tushunishga, vatan va xalq manfaati yo‘lida sa’y-harakatga chorlaydi.


Bu kunlarning Yaratgan dargohidagi o‘rni musharraf. Hayit kechalarida duolar qabul bo‘ladi. Qurbonlik go‘shtlaridan nasibador oilalarga xursandchilik kiradi. Bu ehsonlar ortida ham mehr-oqibat, o‘zaro bag‘rikenglik maqsadi mujassam. Biz bu makonda yasharkanmiz, turli millatlar vakillari yagona O‘zbekistonning fuqarolarimiz. O‘zaro tenglik, adolat hukm surgan yurtda birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik an’analarini qadrlab yashamoqdamiz. Mahallalarda hamkorlik bilan obodlik sari yo‘l ochilyapti. Vatanimiz kundan- kunga farovon, xalqimiz turmushi chiroyli bo‘lib boryapti. Bu ne’matlarga shukrona qilish, to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam bo‘lish ma’rifatimiz, ma’naviyatimiz kamolidan darak beradi.


Xalqimizga saodat va sano ayyomi – Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Barchamizni Yaratgan xayru xursandchiliklar ustida bardavom qilsin. Vatanimiz tinch, yurtdoshlarimizning oilalari farovon bo‘lsin.

Xolmurod MAMAJONOV,

Farg‘ona shahar “Ummul quro” masjidi imom-xatibi

O'zbekiston yangiliklari