Tatariston Respublikasiga tashrif davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Qozon Kremli” tarixiy-me'moriy va badiiy muzey-qo'riqxonasida bo'ldi.
Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.
Qozondagi Kreml' YuNYeSKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo'lib, shaharning ko'p asrlik tarixini o'zida mujassam etgan me'moriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.
Bu erda O'zbekiston Prezidenti Qul Sharif masjidini kirib ko'rdi. Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil' Samigullin oliy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil so'zlab berdi. Duo o'qildi.
Masjid 1996-2005 yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo'lgan juma masjidi o'rnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.
Davlatimiz rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham ko'zdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi bo'lgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov me'morchilik an'analarining yorqin namunasidir.
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati