Ba'zi ziravorlar turli bakteriya va infektsiyalarga qarshi kurashuvchi, organizmni himoya qiluvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Ulardan biri — zarchava (kurkumin) dir.
Zarchava zanjabillar oilasiga mansub o'simlik bo'lib, ko'pincha turli non, smuzi, sho'rva va barcha turdagi foydali taomlar, shuningdek, palovga qo'shiladi. Zarchava yallig'lanishga qarshi vosita hisoblanadi. So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, mazkur ziravor saraton kasalligiga qarshi kurashadi, xususan, prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Uning tarkibidagi kurkumin organizmda o'simta paydo bo'lish xavfini kamaytiradi.
Kurkuma moddalar almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va hatto antidepressantlar o'rnini bosadi.
Bundan tashqari, achchiq qalampir tarkibidagi kapsaitsin moddasi qon tomirlarida aterosklerotik quyqalar shakllanishidan himoya qiladi. Piyoz va sarimsoq tarkibidagi fitonsid esa bakteriyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishining oldini oladi.
Hozirda ko'plab zamonaviy parhezlar asosida zarchava ham mavjud, chunki u ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ichaklarni davolaydi va diareya hamda qorin dam bo'lishi uchun samarali hisoblanadi. Ziravor brokkoli kabi sabzavot, ko'katlar bilan iste'mol qilinganda, yanada foydali bo'ladi.
Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).
Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.
Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.
Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.