00:00 Qurbonlik qilish kimlarga vojib?
01:38 Qurbonlik qilishni vojib qiladigan boylikning miqdori qanday hisoblanadi?
04:20 Butun bir oiladan birgina qo'y kifoya qiladimi?
05:03 Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki katta o'g'li nomidan qurbonlik so'yishi joizmi?
06:25 Beparvolik qilib qurbonlik qilmagan kishi nima qiladi?
06:54 O'tganlarni nomidan qurbonlik qilinadimi?
08:02 Erkak yoki urg'ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?
08:30 Qurbon hayiti kuni qurbonlik qilishdan avval biror narsa emay turishning diniy asosi bormi?
09:00 Qurbonlik qilishni niyat qilgan kishi tirnoq va sochlarini olmasligi kerakmi?
12:02 Vakillik yo'li bilan qurbonlik qilsa bo'ladimi?
12:25 Qurbonlikni vaqti haqida to'xtalib o'tsangiz?
13:42 Qurbonlik qilish mumkin bo'lgan kunlardan qaysi birida qurbonlik qilish afzal?
14:21 Musofir kishiga qurbonlik qilish vojib bo'ladimi?
14:47 Qassobga qurbonlik go'shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
16:13 Qurbonlik so'yishda "Bismillahi Allohu akbar" demasdan "Bismillah" desa ham o'tadimi?
16:30 Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik boshqalar sherik bo'la oladimi?
17:38 Qurbonlik go'shtidan boylarga bersa bo'ladimi?
18:24 Hayvon sotib olinganidan so'ng kasal bo'lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo'ladimi?
19:25 Qurbonlik go'shtidan o'zga din vakillariga ham berish mumkinmi?
19:43 Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga atab qurbonlik uchun qo'y so'yish mumkinmi?
20:16 Aqiqa va Hayitning qurbonligini bitta qilsa bo'ladimi?
21:18 Tuya va sigirga bir kishi qurbonlik, yana biri nazr, yana biri aqiqa, yana biri nafl niyatida qo'shilsa bo'ladimi?
22:21 Hayvon so'yganda uni og'iz bilan puflab shishirish joizmi?
23:31 Qurbonlik qilinadigan hayvon necha yosh bo'lishi kerak?
24:00 Qurbonlikka yig'ilgan pulni ehson qilish afzalmi?
24:37 Hajdagi qurbonlik, vojib qurbonlikka o'tadimi?
26:37 Qurbonlik qilishda maxsus duo bormi?
27:24 O'zi so'ygani yaxshimi yoki qassobga so'ydirganimi?
28:43 Qurbonlik qilayotganda hayvonning oyog'idan ushlab turish kerakmi?
29:03 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatning nomidan qurbonlik qilganmilar?
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Haj_2025
Yurtimizda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli so‘nggi yillarda mo‘min-musulmonlar Islomning barcha ruknlari, xususan, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etmoqdalar.
2016 yilda 5200 nafar vatandoshimiz haj amallarini ado etgan bo‘lsa, 2017 yildan bunday sharafga erishganlar soni yana ikki ming kishiga ko‘payib, 7200 nafarga yetdi. 2022 yilda 12 mingdan ziyod, 2023–2024 yillarda esa 15 mingdan ortiq mo‘min-musulmon hajni ado etdi.
Bu yil ham 15 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz Islomning beshinchi ruknini ado etadilar, inshoalloh.
Bugun Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida shu yil hajga boruvchi guruh rahbarlari ishtirokida ilk yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra markazi bo‘limi boshlig‘i Maqsud Karimov qatnashgan yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domda Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Tadbirda Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bu yil ellikboshi bo‘lib hajga boruvchi diniy soha xodimlari ishtirok etgan bo‘lsalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan boruvchi guruh rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn qatnashdilar.
Yig‘ilishda guruh rahbarilariga haj mavsumidagi muhim vazifalar eslatilib, ularga guruhlar aniq bo‘lgach, ziyoratchilar bilan uchrashib, Islomning beshinchi rukni bo‘lgan hajga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari, ehrom bog‘lash, hajning arkonlari, shartlari, farzlari, vojib va sunnatlarini atroflicha tushuntirishlari zarurligi qayd etildi.
Alloh taolo bu yilgi haj mavsumini yuqori saviyada o‘tkazishni nasib etsin. Har bir ziyoratchining haji mabrur bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati