Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Voiz imom-xatiblarimiz hayit ayyomini xorijdagi vatandoshlar birga o'tkazadi

14.06.2024   1291   1 min.
Voiz imom-xatiblarimiz hayit ayyomini xorijdagi vatandoshlar birga o'tkazadi

Shu yil 12-18 iyun' kunlari O'zbekiston musulmonlari idorasining bir guruh voiz imom-xatiblari Rossiya va Qozog'iston davlatlarida vaqtincha yashab turgan vatandoshlarimiz bilan birga Qurbon hayitini o'tkazish va ularga ma'rifiy suhbat qilish maqsadida ushbu mamlakatlarda bo'lib turibdi.

Hususan, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi imom-xatibi Najmiddin domla Hasanov Moskva shahridagi elchixona va mamlakatimizdagi tashqi migratsiya xodimlari bilan qurilish sohasida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ana shunday uchrashuv O'zbekistonning Olmaota shahridagi elchixonasida Toshkentdagi "Hofiz Ko'hakiy" jome masjidi imom-xatibi Sherali domla Toshmatov va Samarqanddagi "G'ovsul A'zam" jome masjidi imom-xatibi To'lqin domla Isayev ishtirokida mazkur mamlakatda vaqtincha mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan ham bo'lib o'tdi.

Mazkur ma'rifiy suhbatlarda Qurbon hayitini munosib o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berib, shari'y masalalardagi savollarga javob bermoqdalar. Shuningdek, yurtimizdagi so'nggi o'zgarishlarni bayon etish barobarida e'tiqodda adashib qolmaslik maqsadida dinimizdagi ishonchli manbalarni o'rganish bo'yicha ma'lumot berildi. 


O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bizni jannatga nima kiritadi?

11.08.2025   2896   1 min.
Bizni jannatga nima kiritadi?

Bilmaymiz, Allohning rahmatidan so‘ng, bizni jannatga nima kiritadi?

U ikki rakat namozmi, sadaqami, suv ulashishmi, bir mo‘minning hojatini chiqarganimizmi yoki yaxshilikka chaqirishmi yo zikrmi!

Kichik, arzimas sanamasdan yaxshi amal qilavering. Qaysi hasana, solih amal sizni jannatga kiritadi, bilmaysiz...

Izoh: Mana shu – qilib  o‘tgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir (Zuxruf surasi, 72-oyat).