frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Takbiri tashriq aytishni unutmang

14.06.2024   3915   2 min.
Takbiri tashriq aytishni unutmang

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد

O'qilishi: Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd.

Ma'nosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o'zga iloh yo'qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 15 iyun' bomdod namozidan boshlab hayitning to'rtinchi kuni, ya'ni 19 iyun' asr namoziga qadar aytiladi:
• 15 iyun' — 5 mahal
• 16 iyun' — 5 mahal
• 17 iyun' — 5 mahal
• 18 iyun' — 5 mahal
• 19 iyun' — 3 mahal

Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg'iz o'qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo'shilgan kishi ham namozini to'liq o'qib bo'lganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   8813   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari