Bugun, 3 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Dog'iston Respublikasi delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Homidjon domla Ishmatbekov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda diniy ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar haqida so'z yuritdi. Hususan, diyorimiz mo'min-musulmonlari ibodatlarini emin-erkin ado etish uchun munosib sharoitlar yaratish, Islom dinining asl mohiyatini aholiga etkazish hamda butun dunyoga tanitish borasida ulkan sa'y-harakatlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, Homidjon domla Dog'iston delegatsiyasi vakillarini O'zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirib, keyingi paytda Fatvo bo'limi alohida markazga aylangani, haj kvotasi yildan yilga ortib borayotgani, umra bo'yicha cheklovlar bekor qilingani va yil davomida ziyoratlar tashkil etilayotganini ma'lum qildi. So'ngra yurtimizda keyingi yillarda jome masjidlar soni ko'payib, ular ibodat va ma'rifat maskaniga aylanayotgani, diniy ta'lim muassasalari soni va o'qitish sifati yanada oshib borayotganini ham qayd etib o'tdi.
O'z navbatida, Dog'iston Respublikasi muftiyati vakili Murod Ismoilov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib mamlakat muftiysi Shayx Ahmad Abdullayevning salom va Mavlid oyi tabrigini etkazdi. Shuningdek, u O'zbekistonda diniy jabhadagi o'zgarish va o'zaro yaqin hamkorlik aloqalaridan Dog'iston tomoni juda mamnun ekanini bildirdi.
Dog'istonlik mehmonlar so'zi davomida O'zbekistonni alohida ehtirom bilan qadrlashi, buning boisi bu diyordan Islom dini rivojiga ulkan hissa qo'shgan zabardast ulamolarni etish chiqqani, xususan, respublikadagi ko'plab mo'min-musulmonlar aqida borasida Imom Moturidiy, tasavvuf bo'yicha Naqshbandiy tariqati yo'lini tutganlarini bayon etdi. Shuningdek, sinovli kunlarda ko'plab dog'istonlik bolalarga o'zbek xalqi o'z bag'ridan joy berib, mehr ko'rsatganini ehtirom bilan tilga oldi.
Camimiy muloqot davomida diniy-ma'rifiy soha vakillarining o'zaro yaqin hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli va dinimiz rivojiga ham turtki bo'lishi aytib o'tildi.
Do'stona ruhda o'tgan uchrashuv so'ngida o'zaro hadyalar almashildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.
Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.
Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.
– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.
Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.