Hijriy 1446 yil Muharram oyining birinchi oyi hijriy yangi sanasi kirishi munosabati bilan 7 iyul' kuni erta tongda Ka'bapo'sh yangisiga almashtirildi.
“Kisva” almashtirish an'anaviy ravishda oy taqvimiga ko'ra har bir yangi yilning boshida amalga oshiriladi. Saudiya Arabistoni axborot vakolati xabariga ko'ra, yangi Ka'bapo'shning og'irligi taxminan 1350 kilogramm, balandligi 14 metr bo'lib, 4 qismdan iborat bo'lib, u Ka'ba eshigini qoplaydi.
Ka'bapo'shni tayyorlash uchun 1000 kilogrammga yaqin xom ipak, shuningdek, 120 kilogramm tilla ip va 100 kilogramm kumush ip ham ishlatilgan. Ka'ba pardasi 16 qism va 7 pastki qismdan iborat.
Bu parda 17 ta marjondan iborat bo'lib, ustiga “Ya Rohman Ya Rohiym” va “Alhamdulillah, Robbil a'lamiyn”, “Ya Hay, Ya Qayyum” va “Alloh Akbar” kabi yozuvlar bitilgan bo'lib, uning to'rt tomonida to'rtta lavha ham bor. Ixlos surasi yozilgan Ka'baning boshqa tomonida beshta bezak detallari Ka'baning trubasini, qora toshini va Yamaniy ustunini bezatadi, uning tepasida esa Rukn al-Yamaniy burchagida Ka'ba eshigining tashqi qoplamasining yuqori qismida sariq rangli kashta zanjir osilib turadi.
Ta'kidlash joizki, Ka'bapo'shni tayyorlash uchun maxsus Malik Abdulaziz majmuasida 200 ga yaqin xodim mehnat qiladi. Bu majmuada bo'yash, avtomatik to'qish, qo'lda to'qish, matbaa, tazhib, tikuvchilik va parda yig'ish bo'limlari bo'lib, unda dunyodagi eng katta 16 metr uzunlikdagi, komp'yuterda ishlaydigan tikuv mashinasi mavjud.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar bir qavm ahdni buzsalar, Alloh ularning ustidan dushmanlarini g‘olib qilib qo‘yadi. Agar ular o‘lchovdan urib qolsalar, o‘simliklardan man qilinadilar va qurg‘oqchilikka giriftor bo‘ladilar", dedilar (Ibn Mardavayh rivoyati).
Imom Nasoiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun hadisda: “Agar (odamlar) o‘lchov va tarozidan urib qolsalar, qurg‘oqchilik va ozuqa tanqisligiga uchraydilar”, deyilgan.
Bu hadisda tarozidan urib qolish, birovga o‘lchab yoki tortib berayotganda kam qilib berish kabi holatlar ham yomon oqibatlarga olib kelishi ta’kidlanmoqda. Bundan ma’lum bo‘ladiki, birovning haqqini yeyish, harom yo‘llar bilan boshqalar molini o‘zlashtirish rizqning kamayishi, barakaning ko‘tarilishi va turli xil og‘ir holatlarning kelib yuzaga kelishiga omil bo‘lar ekan.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li