frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Farg'onada hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi

02.07.2024   2159   1 min.
Farg'onada hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi

Bundan bir oy muqaddam 1600 dan ziyod farg'onalik yurtdoshlarimiz Haj amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgan edilar. Muborak Haj amallarini ado etgan yurtdoshlarimiz Jidda-Farg'ona yo'nalishidagi avialayner orqali ona vatanga qaytishni boshladilar.

Bugun, erta tongda hojilarning dastlabki besh guruhi ishchi guruh tomonidan Farg'ona xalqaro aeroportida kutib olindi. Ular yuksak ehtirom bilan maxsus avtobuslarda o'z hududlariga etkazildi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   23396   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari