Shu yilning 24-26 iyul' kunlari BRIKS tashkilotiga a'zo mamlakatlarning eng yaxshi qorilari Qur'oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Tatariston poytaxti Qozonda yig'iladi.
Tanlovda 20 dan ortiq davlat, xususan, BRIKS davlatlari, arab-musulmon dunyosi, Afrika va MDH davlatlaridan eng kuchli qorilari ishtirok etadi.
22-Halqaro Qur'oni karim musobaqasining faxriy mehmonlari orasida Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Braziliya, Bahrayn, Hitoy, Hindiston, Misr, MDH davlatlari va boshqa davlatlarning vazirlari, muftiylari, taniqli olimlari, shuningdek, xalqaro musulmon tashkilotlari rahbarlari ham bor.
Ma'lumki, 20 yildan buyon Moskvada Qur'on tilovati xalqaro musobaqasi o'tkazib kelinmoqda. Bu yil ham xuddi shunday tadbir Qozon shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan