Bosniya va Gertsegovinadagi tarixiy Senan Bey masjidi Turkiya tomonidan taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
1992–1995 йиллардаги Босния ва Герцеговина уруши чоғида серб қўшинлари томонидан вайрон қилинган тарихий Сенан Бей масжиди Туркия томонидан асл режага кўра таъмирланиб, очилди, деб ёзади ИҚНA сайти “Aнадолу”га таяниб.
Chaynich shahrida joylashgan Senan Bey masjidi dastlab Usmonlilarning mashhur meʼmori Senan Bey tomonidan qurilgan.
Masjid 1992 yil 8 iyunь kuni Bosniya urushi paytida serb kuchlari tomonidan vayron qilingan edi. Uni taʼmirlash ishlari 2016 yilda boshlangan edi. Sakkiz yillik bunyodkorlik ishlaridan soʼng tarixiy masjid namozxonlar uchun yana qayta ochildi.
Masjidni qayta tiklash loyihasi Turk vaqflari Bosh boshqarmasi hamda Bosniya va Gertsegovina Islom jamiyati tomonidan hamkorligida amalga oshirildi.
Mazkur loyiha nafaqat masjidga qaratilgan, balki uning asl qiyofasini tiklash uchun hududni obodonlashtirishni ham oʼz ichiga olgan.
Bosniya muftiysi Ramzi Pitich masjidni taʼmirlash va qayta tiklash muhimligini taʼkidlab, ushbu masjidning ochilishiga tayyorgarlik ishlari yakunlanganini eʼlon qildi.
Uning taʼkidlashicha, Senan Bey masjidi Gorazd viloyatida soʼnggi 10 yil ichida ochgan uchinchi masjid boʼlib, uni qayta tiklash Chaynicaga yangi hayot baxsh etadi va bosniyaliklarga masjidga tashrif buyurish uchun yangi sabab va motivatsiya beradi.
Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati