Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Bebaho ne'mat

02.02.2024   826   4 min.
Bebaho ne'mat

Bir kuni maktabimdagi sinfdoshlarim va ustozlarim bilan safarga chiqdik. Safar asnosida chiroyli manzaralar bo'lsa, tasvirga olaman deya dadamdan qo'l telefonlarini so'radim. Dadam “Ehtiyot qil” deb menga o'zlari yaqinda sotib olgan telefonlarini berdilar.

Safarda uzoq yo'l yurdik. Manzilga borganimizdan keyin hamma tushlikka yig'ildi. Shunda cho'ntagimni qarasam, dadamning telefonlari yo'q. Yuragim dukillab urib ketdi. Safar haltamni, sumkamni, hatto xayol bilan solib qo'ygandirman deb yonimda birga o'tirib kelgan dugonamning sumkasini ham qaradim. Yo'q, hech qayerda yo'q! Tamom bo'ldim deb o'yladim. Chunki dadam bekorga ehtiyot qil demadilar. Axir bu telefonni yaqinda olgandilar. Olganlariga hali bir oy ham bo'lmagandi. Qolaversa, bunday telefonlar endi-endi chiqa boshlagan payt, qimmat turar edi. Topolmaganimga rosa yig'ladim.

Noiloj dugonamning telefonidan onamga qo'ng'iroq qilib vaziyatni tushuntirdim. Onamdan yaxshigina dakki eshitdim. “Ehtiyot qilolmasang, olib ketishga balo bormidi!?” dedilar. Onamga “Dadamga aytmang, o'zim pulini yig'ib, dadamga yangi telefon olib beraman” dedim, garchi bunday qila olishimga ko'zim etmasa ham. Keyin telefonni o'ylab rosa siqildim. Onam aytib qo'ysalar nima bo'ladi? Aytmasalar, ham borganimdan keyin telefon yo'qligini dadam biladilar-ku! “Telefon qani?” deb so'rasalar nima deyman?!

Shunday o'ylar bilan boshim g'uvillab o'tirsam, dugonamning telefoniga onam telefon qilib qoldilar.

- “Labbay onajon” dedim qo'rqib.

- “Dadangga aytdim!”

- “Nega aytdingiz onajon, axir aytmang degandim-ku! Endi dadam meni rosa urishadilar, o'ldiradilar” deb yig'lab yubordim. Shunda onam bir pas jim turdilar-da, mening bir umr esimdan chiqmaydigan o'sha gapni aytdilar:

- “Qo'rqma qizim. Kimdir o'g'irlagan bo'lsa kerak dedim. Dadang “Mayli, qizimga ayt, siqilmasin. Uch kunlik safarini shu narsani o'ylab o'tkazmasin. Mazza qilib o'ynab, yayrab kelsin. Bitta telefon ekan-ku, qizim uchun, kerak bo'lsa, butun dunyoni fido qilaman!” dedilar. Hotirjam bo'l qizim!”.

O'sha onda ishonsangiz, qotib qolgandim, kulishimni ham, yig'lashimni ham bilmasdim. Ich-ichimdan shunday tuyg'ular jo'shdiki, qani hozir dadam yonimda bo'lsalaru, bo'ynilaridan qattiq quchoqlab olsam! Telefon qanchalik qimmatbaho bo'lmasin, dadamning nazdilarida mendan qadrli emasligini bildim.

Butun safar davomida xursand bo'lib yurdim, vaqtim chog' o'tdi. Meni osmonlarda uchib yurishimga sabab bo'lgan narsa safardagi qiziq-qiziq voqealar, so'lim go'shalar va ulardan olgan taassurotlarim emas, balki dadamning mana shu gaplari edi: “Kerak bo'lsa qizim uchun butun dunyoni fido qilaman”.

Uyga qaytganimda otam meni tabassum bilan kutib oldilar. Bag'rilariga bosib “Qizim, butun dunyo fido bo'lsin senga” dedilar. Men otamni quchoqlagan ko'yi ko'zimdagi yoshlarni to'xtatolmasdim...

O'sha kundan keyin men otamning Alloh subhanahu va taolo tomonidan berilgan qanchalar bebaho ne'mat ekanlarini angladim. Ularning maslahatlarisiz, yo'l-yo'riqlarisiz va ulardan berkitib ham biror ish qilmaydigan bo'ldim. Ota o'z qiziga faqat eng to'g'ri yo'lni ko'rsata olishiga o'z hayotimda guvoh bo'ldim.

O'sha voqeadan keyin qo'l telefonimni ham juda ehtiyotlaydigan bo'ldim.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

12.08.2025   240   1 min.
Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. 


Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda. 


Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi. 


Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda
Dunyo yangiliklari