Bugun, 29 sentyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Toshkent shahridagi “Rakat” jome masjidida juma namozini jamoat bilan ado qildilar.
Muftiy hazratlari juma namozi avvalida bugungi kunda muhim bo'lgan “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari” mavzusida suhbat qilib, insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylangan Internet tarmog'i uzog'imizni yaqin, mushkulimizni oson qilayotgani, o'z navbatida har narsaning yaxshi va yomon tomonlari bo'lgani kabi mazkur vositadan to'g'ri foydalanish odoblarini bilish va uni farzandlarimizga ham o'rgatish har bir mo'min-musulmonning muhim vazifasi ekanini hadisi shariflar, ulug' zotlar ibratlari misolida tushuntirib berdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati