Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2025   |   22 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:33
Peshin
12:32
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:45
Bismillah
16 Avgust, 2025, 22 Safar, 1447

Zuho namozining o‘qilish tartibi (Audio)

30.07.2020   3661   1 min.
Zuho namozining o‘qilish tartibi (Audio)

 

QURBON HAYITINING BIRINCHI KUNI 2020 YIL 31 IYUL, JUMA KUNIGA TO‘G‘RI KЕLMOQDA.

Pandemiya sababli yurtimizda Iyd namozi o‘qishning imkoni yo‘q. Ba’zi ulamolar hayit namozi o‘qish uzrli bo‘lganda Zuho namozini o‘qish mustahab ekanini aytib o‘tishgan. Shunga ko‘ra, 2020 yil 31 iyul Juma kuni Zuho namozi Toshkent vaqti bilan 05:40 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Alloh taolo Qurbon hayiti kunidagi Zuho namozimizni barchamizdan qabul aylab, bu kunning sharofati bilan yurtimizni fayzu barakotga to‘ldirsin!

№ Viloyat Namoz vaqtlari

1. Namangan viloyati 5:30
2. Andijon viloyati 5:30
3. Farg‘ona viloyati 5:35
4. Toshkent shahri 5:40
5. Toshkent viloyati 5:35
6. Sirdaryo viloyati 5:45
7. Jizzax viloyati 5:50
8. Samarqand viloyati 5:55
9. Surxondaryo viloyati 6:05
10. Qashqadaryo viloyati 6:05
11. Buxoro viloyati 6:05
12. Navoiy viloyati 6:05
13. Xorazm viloyati 6:15
14. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 6:20

Eslatma: Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin
20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

 

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

11.08.2025   7052   2 min.
Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:

«Hech shubha yo‘qki, Alloh taolo Toha va Yasiynni osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgan. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida, ushbu narsa nozil bo‘ladigan ummatga Tubo bo‘lsin! Ushbuni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo bo‘lsin! Ushbu ila gapiradigan tillarga Tubo bo‘lsin!» degan».

Bag‘oviy rivoyat qilgan.

 

Sharh: Ushbu rivoyatda ham Qur’oni Karimning fazli qanchalar ulug‘ligini ko‘rsatuvchi ma’nolar kelmoqda. Albatta, bunda ham Qur’oni Karimni o‘rganishga, qiroat qilishga va amal qilishga targ‘ib bor.

Ushbu hadisi sharifda Qur’oni Karim nozil bo‘ladigan ummatga, Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga va Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» bo‘lishi xabar qilinmoqda. 

«Tubo» jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadi. Bularning hammasi ahli Qur’onga va’da qilinmoqda.

 

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Qur’oni Karimning fazilati ulug‘ ekani.

2. Alloh taolo Qur’oni Karimning Toha va Yasiyn suralarini osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgani. 

3. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida u nozil bo‘ladigan ummatga havas qilganlari. 

4. Qur’oni Karim nozil bo‘lgan ummat – Muhammad ummatiga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

5. Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi. 

6. Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

 

Hadis va hayot, 

“Qur’on fazilatlari” kitobidan.

Ibratli hikoyalar