Sayt test holatida ishlamoqda!
10 May, 2025   |   12 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:10
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:33
Xufton
21:00
Bismillah
10 May, 2025, 12 Zulqa`da, 1446

2. BAQARA (sigir) SURASI, 58–59 OYATLAR

24.07.2020   7169   2 min.
2. BAQARA (sigir) SURASI, 58–59 OYATLAR

وَإِذۡ قُلۡنَا ٱدۡخُلُواْ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةَ فَكُلُواْ مِنۡهَا حَيۡثُ شِئۡتُمۡ رَغَدٗا وَٱدۡخُلُواْ ٱلۡبَابَ سُجَّدٗا وَقُولُواْ حِطَّةٞ نَّغۡفِرۡ لَكُمۡ خَطَٰيَٰكُمۡۚ وَسَنَزِيدُ ٱلۡمُحۡسِنِينَ٥٨

  1. "Ushbu shaharga (Quddusga) kiringlar va uning xohlagan yerida bemalol yeb-ichinglar va darvozadan sajda qilgan hollaringda "avf qil" deb kiringlar. "Biz xatolaringizni mag‘firat etamiz va yaxshilik qiluvchilarga ziyoda qilamiz" deganimizni eslanglar.

Alloh taolo Bani Isroilga Quddusi sharifning hamma yerida bemalol yeb-ichishni buyurar ekan, darvozadan sajda qilgan holda istig‘for aytib kirishni amr etmoqda. Ammo noshukr qavm Parvardigorning bu buyrug‘iga itoat qilmay, buyurilgan so‘zlarni masxaraomuz buzib aytgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham Makka fathida boshlarini egib, tavoze’ bilan Allohga shukr aytib kirganlar va Makkaga kirganlaridan keyin g‘usl qilganlar, sakkiz rakat nafl namoz o‘qib, mehribon va rahmli Allohga hamdu sanolar aytganlar”.

فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ قَوۡلًا غَيۡرَ ٱلَّذِي قِيلَ لَهُمۡ فَأَنزَلۡنَا عَلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ رِجۡزٗا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَفۡسُقُونَ٥٩

  1. Zolimlar aytilgan so‘zni boshqasiga almashtirishdi. Shunda buzg‘unchiliklari sababidan zolimlar ustiga osmondan balo yog‘dirdik.

Ibn Is'hoq aytilgan o‘sha so‘zni Bani Isroil almashtirishgani haqida bunday deydi: "Menga Solih ibn Kayson Tavmaha binti Umayya ibn Xalafning xojasi Solihdan, u Abu Hurayradan va yana bir ishonchli kishi Ibn Abbosdan, u esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilishadi: "U zot: "Ular sajda qilgan hollarida "hittatun" (avf qil!) deb kirish o‘rniga sudralgan holda "hintatun" (bug‘doy) deb kiradilar", dedilar". Zolim kimsalar istig‘for aytish o‘rniga masxara qilib "bug‘doy" so‘zini ishlatishgan. Sajda qilish o‘rniga Quddus shahriga ketlari bilan surilib kirishgan. Shundan so‘ng ularga vabo balosi kelib, tush paytining o‘zida yetmish ming odam halok bo‘lgan. Bu yerda Bani Isroil qavmining sarkashligi va o‘z payg‘ambarlariga nisbatan hurmatsizlarcha qilgan muomalasi hamda Allohga bo‘lgan isyonining yana bir ko‘rinishi namoyon bo‘lmoqda. Zero, Parvardigor ularni Quddus shahriga sajda qilgan holda kirib, mag‘firat so‘rashga buyurgan va buning evaziga ularni kechirishini va’da qilgan edi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ezgulik karvoni Sardobada bo‘ldi

08.05.2025   3410   1 min.
Ezgulik  karvoni Sardobada bo‘ldi