Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Qurbonlik qilishdan nima maqsad?

23.07.2020   2559   2 min.
Qurbonlik qilishdan nima maqsad?

Alloh taolo roziligini istab qurbonlik qilish, asliy ehtiyojidan boshqa moli kumush nisobiga yetgan musulmonlarga vojibdir. Ana shunday miqdor moli bo‘lib qurbonlik qilmagan odam juda ko‘p manfaatlardan mahrum bo‘ladi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Bas, Rabbingiz uchun namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling!» (Kavsar, 2).

Qurbonlik qilishdan maqsad banda o‘zining Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Alloh taolo banda so‘ygan hayvonning go‘shtiga ham, qoniga ham muhtoj emas: «Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli – U zotni ulug‘lashlaringiz uchun – ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!» (Haj, 37).

Banda Allohga qancha ibodat qilsa ham oz. Chunki birgina hidoyat ne’matining shukrini qancha ibodat qilsa ham ado etolmaydi. Qurbonlik qilish Alloh taoloning amrini ado etishga bandaning tayyor ekanini ko‘rsatadi va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgani uchun Alloh taologa shukr etish bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki qurbonlikni dili xursand va savob umidida qilsa, u (qurbonlik) uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi”, dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Fotima, tur, qurbonligingga guvoh bo‘l. Chunki qurbonlik qonining birinchi qatrasi (tomchisi) tomishi bilan o‘tgan gunohlaringiz mag‘firat qilinadi”, dedilar.

Abu Sa’id roziyallohu anhu aytadi: «“Yo Allohning rasuli, bu faqat Muhammad oilasi uchun xosmi yoki barcha musulmonlar uchunmi?” deb so‘radilar. U zot: “Muhammad oilasi va barcha musulmonlar uchun” dedilar».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Yosh, navqiron, baquvvat jonivorlarni qurbonlik qilinglar. Chunki ular (qiyomat kuni) sirot ustidagi ulovlaringizdir” (Talxiysul xabiyr).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki qurbonlik qilishga imkoni bo‘lib, qurbonlik qilmasa iydgohimizga kelmasin”, dedilar. Boshqa bir hadisda esa: “Har kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa-yu, qurbonlik qilmasa, vafotidan keyin majusiylar yoki nasroniylar qatorida tiriladi”, dedilar.

Alloh taolo barcha musulmonlarga qurbonliklarining ajrini ko‘paytirib bersin.

 

O‘MI matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muloyimlik – ilmning otasi...

11.02.2025   4328   1 min.
Muloyimlik – ilmning otasi...

#kun_hikmati 

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.

– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.

– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.

– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.

#hilm #ilm #muloyimlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar