Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2025   |   5 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2025, 5 Muharram, 1447

Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

22.07.2020   3794   1 min.
Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

♦️Zulhijja so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
➖“Haj egasi” degan ma’noni bildiradi.

♦️Zulhijja oyi qanday oy?
➖ Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

♦️Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega?
➖Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o‘n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh dargohida Zulhijjaning o‘n kunidan afzal kun yo‘q”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati)

Bu oyda tutilgan ro‘za ulug‘ ajrlarga musharraf etadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

♦️Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qanday o‘tkazardilar?
➖Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to‘qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro‘za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloni yanada ko‘proq zikr qilardilar va: “...Bu kunlarda tahlil (La ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko‘paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD tayyorladi

 Eslatib o‘tamiz, kelayotgan 22 chi iyul chorshanba kuni Zulhijja oyining 1-kunidir.
Vallohu a’lam.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir marta "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa...

30.06.2025   219   2 min.
Bir marta

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


O‘lim bir eshik. Barcha insonlar undan o‘tadi. Eh koshki, bu eshikka kirgandan keyin mening uyim qanaqaligi ma’lum bo‘lsa?!

Birodar! Qarang, qabrdagilar bir-birlariga juda yaqin yotishibdi. Lekin ular sirtdan yaqin qo‘shni. Aslida esa, bir-birlarining yoniga ham bora olmaydilar.

Usmon roziyallohu anhu qachon qabr yonidan o‘tsalar, shu darajada yig‘lar edilarki, soqollari ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketardi.

U kishidan: "Siz nega jannat va do‘zaxni esga olganingizda yig‘lamaysiz. Lekin qabrni ko‘rib yig‘laysiz?" deb so‘rashdi. U kishi shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qabr oxiratning ilk manzilidir", deganlar. Shunga ko‘ra, agar mayyit qabrdagi azobdan najot topsa, undan keyingi hayot oson bo‘ladi. Agar qabrdagi azobdan najot topa olmasa, u holda undan keyingi hayot qiyin bo‘ladi.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men qabrdan ko‘ra daxshatliroq biror manzarani ko‘rmadim", deganlar.

Biz uchun bu qabrlarda ibrat yo‘qmi? Qarang, boy ham, faqir ham, zo‘ravon ham, kuchsiz ham, oq tanli ham, qora tanli ham, podshoh ham, fuqaro ham barcha barobar yotibdi. Ular dunyoga qaytishni xohlaydilar. Boylik jamlash yoki qasr qurish uchun emas, balki, koshki men bir namoz o‘qish uchun muhlat topsam, koshki bizga bir martagina "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa, deb, shu amallarni qilish uchun dunyoga qaytishni xohlaydilar. Lekin endi iloji yo‘q. Nomai a’mol yopilib bo‘ldi. Ruh jismdan chiqqan. Hayot muhlati tugab bo‘lgan. Endi har bir mayyit o‘z amalining garovi o‘laroq qabrida yotibdi...

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar