Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Duo mo‘minga najot

19.07.2020   4318   6 min.
Duo mo‘minga najot

“Duo” arabcha so‘rash, iltijo, chaqirish ma’nolarini anglatadi.  Alloh taolo bu haqda bunday marhamat qiladi:

 

  وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

 

Ya’ni: Sizdan (ey, Muhammad!) bandalarim Mening haqimda so‘rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga imon keltirsinlar, shoyad (shunda) to‘g‘ri yo‘lga tushib ketsalar                              (Baqara, 186).

 ادْعُواْ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ

 

“Robbingizga tazarru’ ila maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas” (A’rof, 55).

 

Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo‘min bandalariga duo qilish odoblarini o‘rgatmoqda. Duoda tazarru’ – yolborish va maxfiylik bo‘lishi zarurligini ta’kidlamoqda.

 Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam))ning hadisi shariflarida ham o‘z ifodasini topgan.

 

Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Muso al Ash’ariy r.a.dan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar bayon qilingan:

 

“Odamlar baland ovoz bilan duo qilgan edilar, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ey, odamlar, o‘zingizga shafqat qiling, sizlar kar yoki g‘aybga duo qilayotganingiz yo‘q. Siz duo qilayotgan Zot eng yaxshi eshituvchi va eng yaqin Zotdir”, dedilar.

 

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Duo ibodatdir”, dedilar va (G‘ofir surasining 60-oyati) “va Robbingiz: “Menga duo qilinglar, sizni ijobat  qilurman. Albatta, ibodatimdan takabburlik qiladiganlar tezda jahannamga bo‘yin eggan hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar.

 

Ushbu hadisda keltirilgan oyati karimada duo ma’nosi ibodat ma’nosi bilan bir xilda ishlatilgan. Binobarin, duoning ibodat ekanini Alloh taoloning o‘zi bandalariga  bildirmoqda. Buni quyidagi hadislar ham quvvatlaydi:

 

قال رسول الله (صعلم) : ليس شيءٌ أكرم على الله تعالى من الدعاءِ

 

“Alloh taoloning nazdida duodan ko‘ra mukarramroq narsa yo‘q”.

 

قال رسول الله (صعلم) : الدعاءُ مُخُّ العبادةِ

 

“Duo ibodatning mag‘zidir”.

 

قال رسول الله (صعلم) : مَنْ لم يسألِ اللهَ يغْضَبْ عليه

 

“Kim Alloh taolodan so‘ramasa, U zot undan g‘azablanadi”.

 

قال رسول الله (صعلم) : "من فُتح له مِنْكم بابُ الدعاءِ ففُتحتْ له أبوابُ الرحمةِ و ما سُئِلَ اللهُ  شياءً يعنى أحبّ إليه مِنْ أن يُسألَ العافيةَ"

 

“Kimga duo eshigi ochilsa, unga rahmat eshiklari ochilgan bo‘ladi. Alloh taolo beriladigan narsalar ichida eng mahbub bo‘lgani ofiyatni so‘rashdir”, dedilar”.

  Imom Jazariy duolarning qabul bo‘lish borasida yozgan asarlarida bir nechta shartlarni zikr qilganlar, jumladan:

 

– yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo‘lmasligi.

 

– Ixlos bilan duo qilishi.

 

– Tahoratli bo‘lishi va qiblaga yuzlanmoq.

 

 – Avval nafl namoz o‘qimoq.

 

– Xayrli ishlar qilish.

 

– Kambag‘allar va tolibi ilmlarni xursand qilish.

 

         – Alloh taologa hamdu sanolar aytish.

 

– Eng afzal salavot namozda o‘qiydiganmiz “Allohumma solli...” va “Allohumma borik...”dir. buni qancha ko‘p o‘qisa, duo shuncha tez qabul bo‘ladi.

 

– Qo‘llarni ko‘tarib duo qilish, duoni qo‘llari bilan yuzini silab tugatish.

 

– Xushu va tazarru’ bilan Alloh taologa yolvorish.

 

 – Asmoul husnani – Alloh taoloning ismlarini o‘qib tilak tilash. Payg‘ambarlar yoki solih kiishlarni vasila qilib duo qilish mumkin.

 

– Gunohlarini e’tirof etib, Alloh taolodan avf va mag‘firat so‘rash

 

– Payg‘ambarlardan va avliyolardan vorid bo‘lgan sahih duolarni o‘qish

 

– Qalb huzuri bilan tilagini so‘ramog‘i lozim.

 

– Hamdu sano bilan hamda salovotlar bilan duosini yakunlamog‘i.

 

–       Umid va qo‘rquv bilan duo qilish.

 

Ana shunday odoblarga rioya qilmoq kerak va shuni ham unitmaslik kerakki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) duoda  dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar. Alloh taolo barchalarimizni duolari ijobat bo‘ladigan zotlar qatorida qilsin!

Maqolalar
Boshqa maqolalar

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

15.07.2025   2379   1 min.
JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi axborot agentligi SPA, shuningdek “Al-Jazirah”, “Al-Madina”, “Youm7” kabi qator nashrlari yozishicha, Jahon musulmonlari ligasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Isa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari doktor Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashgan. Makkai Mukarramada, mazkur xalqaro tuzilma idorasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Islom sivilizatsiyasining targ‘iboti, xususan noto‘g‘ri tushuncha va salbiy hodisalarga qarshi turishdagi ahamiyati ta’kidlangan. 
 

F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi