Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2025   |   12 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:10
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2025, 12 Sha`bon, 1446

Hudhud Qur’oni karimda zikr etilgan qush

15.07.2020   3378   2 min.
Hudhud Qur’oni karimda zikr etilgan qush

"Hudhudning ajoyib xususiyatlari"

Hudhud o‘z juftiga vafodor qush. Hayotida faqat bir marta oila quradi.  Jufti vafot etgan taqdirda ham undan keyin boshqa oila qilmaydi. U o‘z juftini tumshug‘ida unga daraxtning yaprog‘i yoki birorta hashorat yohud qurt taqdim etish orqali tanlaydi. Boshidagi chiroyli tojisini yoygan holatda juftining roziligini olish uchun mahr sifatida unga taom tortiq qiladi. Agar jufti tumshug‘i bilan taomni yesa, demak bu rozilik alomati. So‘ngra juftini uning uchun qurgan iniga olib boradi. Ko‘pincha in daraxtning kovagida bo‘ladi. Agar in juftiga yoqsa juftlik hayoti boshlanadi. Jufti beshtadan yettitagacha tuxum qo‘yadi. Polaponlar tuxumdan chiqqach, ikkisi navbat bilan bolalarini taomlantiradi.

Hudhud o‘z juftiga vafoli qush sanaladi. Agar ozuqa yoki suv bor joyni topsa, qichqirib juftini chaqiradi. Taomni faqat jufti kelgandagina u bilan baham ko‘radi. Agar juftini yo‘qotib qo‘ysa, qichqirib uni topgunicha axtaradi. Agar jufti vafot etsa, vaqti-vaqti bilan uni qumsab, birga parvoz qilib yurgan joylariga borib qichqiradi.

Hudhudning tanasining oltidan biriga teng keladigan tumshug‘i bo‘lib, u yerdagi hasharot va qurtlarni osonlik bilan topadi. Hudhudning boshqa qushlarda mavjud bo‘lmagan sezish qobiliyati mavjud bo‘lib, u yer osti suvlarini sezadi. Sulaymon payg‘ambar yer osti suvlarini izlab topishda hudhudning ushbu sezish qobiliyatidan foydalanar edi. Suv bor yerga ishora qilsa Sulaymon a.s. jinlarga o‘sha yerni qazishga farmon berar va suvni topishar edi. Shuning uchun uning zamonaviy ismi - suv injeneridir.

Hudhud minglab kilometrga yetadigan masofani charchoqsiz, chanqamay va ochiqmay uchib o‘ta oladi. Bir davlatdan ikkinchi davlatga to‘xtovsiz uchib o‘tishga qodir. Qur’oni karimda uning Falastindan Yamandagi Sabo o‘lkasiga safar qilgani zikr etilgan. Men senga Sabo o‘lkasidan aniq xabar keltirdim, deb Sulaymon payg‘ambar bilan bo‘lgan qissada ko‘plab voqealar keltiriladi.

Hudhud azon aytilayotgan, namoz o‘qilayotgan va Qur’oni karim tilovat qilinayotgan vaqtda qichqirmay tinch turadi. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Allohdan boshqaga ma’lum bo‘lmagan yana ko‘plab sir asrorlari borligi uchun hudhudni o‘ldirishni harom qilganlar.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o‘rinbosari              

Homidjon Ishmatbekov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alisher Navoiy va Rasululloh vasfi

9.02.2025   3610   1 min.
Alisher Navoiy va Rasululloh vasfi

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. 

U zotning ijodidan bir shingil: 

 Qaro ko‘zum, kelu, mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

 
Sharh: Hazrat qalblari mahbubiga murojaat etish uchun, avvalo, so‘z, ibora yoxud tashbeh izlaydilar. Inson tanasining eng zarur va aziz bo‘lgan a’zosi ko‘z ne’mati ekan, ulug‘ shoir sevimli mahbubning ko‘zlarini tasavvur etadilar. Islomiy manbalarni mukammal bilgan Hazrat Navoiy Rasuli akram sallollohu alayhi vasallamning ko‘zlari tim qora ekanligini ta’kid etaroq, bevosita iyhom san’ati bilan - ham sevimli Payg‘ambarimiz alayhissalomga xayolan murojaat etadilar, ham ul zoti bobarakotni o‘zlarining ko‘zlari o‘rnida tasavvur qilib, ulug‘laydilar.

Darhaqiqat, “Rasululloh alayhissalomning ko‘zlari qorasi tim qora edi”.

Mardumak – ko‘zning gavhari. Ma’lumki, ko‘z qabul qilgan tasvirlar ana shu mardumakda, gavharakda aks etib turadi. Fan – kasb, hunar ma’nosini anglatadi. Ulug‘ shoir Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga iltijo bilan: “Ey qaro ko‘zli Rasululloh, ko‘zlarimdek azizim, Sizni tushlarimda ko‘ray, ko‘zlarim mardumi ichida doimo siymongiz aks etib tursin, mening ko‘zlarim mardumi bo‘lishingiz bir hunardek takror-takror bo‘lsin. Vatan – tark etib bo‘lmaydigan maskan, Ko‘zim mardumini faqatgina Sizning aksingiz egallasin, yo Rasululloh, bu vatanga boshqa hech kim kirmasin”, demoqdalar.  

Filologiya fanlari doktori, professor Dilorom Salohiy

Maqolalar