Sayt test holatida ishlamoqda!
01 May, 2025   |   3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:21
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:23
Xufton
20:47
Bismillah
01 May, 2025, 3 Zulqa`da, 1446

“Tirik yetim” nima degani?

15.07.2020   4264   3 min.
“Tirik yetim” nima degani?

Farzand ota-ona uchun berilgan ne’matlar ichida eng shirini hisoblanadi. Ulamolar: “farzand ota-ona uchun berilgan ikkinchi imkoniyat, o‘zi erisha olmagan maqsadlarini farzandlari orqali amalga oshirishi mumkin” deydilar.

Ammo, so‘ngi paytlarda ko‘p bor eshitayotganimiz “tirik yetim” degan ibora kishini chuqur o‘yga toldiradi.

Tirik yetim – aksar hollarda otasi tashlab ketgan (ajrashgan v.h.k.) yani otasiz o‘sayotgan, bazi hollarda esa onasiz o‘sayotgan bolalarga nisbatan ishlatiladi.

Yer yuzida otasiz o‘sayotgan bolalarning aniq raqamini topish juda mushkul. Kembrij universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijasi esa ko‘pchilikni ranjitishi aniq. 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha: birgina Estoniyada 40.000 nafar bola otasiz o‘smoqda. Uncha katta bo‘lmagan bir mamlakat miqyosida shuncha bo‘lsa, dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkichni tasavvur qilish mumkin.

  • Yevropa Ittifoqi, Litva, Ispaniya, Xorvatiya, Islandiya va Rossiyada yolg‘iz onalar ko‘payib bormoqda.
  • Har yili bir yarim millionga yaqin bola ota-onasining ajralishuvini boshdan kechiradi.
  • Ajralishdan so‘ng bolalarning 98 % i onasi bilan (bazi musulmon davlatlarida otasi bilan) qoladi.
  • Ajralgan ayollarning deyarli yarmi farzandining otasi bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qiladi.
  • Ko‘p hollarda otalarning farzandiga bo‘lgan haq-huquqlari buzilmoqda.

G‘arblik olimlarning ta’kidlashicha Yevropada otasiz o‘sgan bolalar orasida:

  • O‘z joniga qasd qilish 5 barobar;
  • Uydan qochib ketish 35 marta;
  • Maktabni tugatmay, tashlab ketish hollari 9 marotaba;
  • Giyohvandlik, kashandalik va ichkilikka ruju qo‘yish ehtimoli 10 barobar yuqori bo‘lar ekan.

Bu ko‘rsatgich bizning mamlakatimizda qay holatda ekanligini aniq ayta olmaymiz. Biroq, yurtimizda ham “tirik yetimlar” soni anchaginani tashkil etadi.

Shukrki, davlatimiz tomonidan ajrimlar va farzandlarni boquvchisiz (ko‘p hollarda otalar farzandi uchun aliment to‘lash yoki moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashadi) qoldirishga qarshi qat’iy qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Ammo, masalaning ikkinchi tomoni ham bor.

Farzand uy hayvoni emaski faqatgina qornini to‘ydirib qo‘yish kifoya qilsa. Uni ruhiy, axloqiy va ma’naviy tomondan ham oziqlantirish shart. Xo‘sh, havoyi nafsi tufayli farzandlarni kelajagini o‘ylamay, norasidalarini onasiga qo‘shib  ko‘chaga uloqtirayotgan, tashlab ketayotgan otalar qilmishining badali og‘ir bo‘lishini, katta gunohga qo‘l urayotganligini bilisharmikan...?

Ota javobgar. Oilani moddiy va ma’naviy ta’minlash otaning zimmasidagi burchdir. Bu burchni Alloh taoloning O‘zi erkaklarga yuklagan. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:

“Ularni ma’ruf ila yedirib, kiyintirish tug‘dirganning zimmasidadir”. (Baqara surasi, 233 oyat)

Bu ishni yaxshilab ado qilish kerak, nomiga emas.

Boshqa bir oyatda esa Alloh taolo oila rahbarlari bo‘lgan erkaklarga buyuradi:

“Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlu ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan olovdan saqlang”  (Tahrim surasi, 6 oyat).

Ulamolar mazkur oyatning tafsirida musulmon erkak ayolini yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarib, farzandlarini iymonli, ma’rifatli, xulqi go‘zal va odamlarga manfaati tegadigan Allohga itoatli inson qilib tarbiyalashi lozimligini ta’kidlashgan.

Demak, hurmatli otalar farzandni tug‘dirgach, uni har tomonlama ta’minlab, uning qornini to‘ydirish bilan birga, odobini ham go‘zal qilib tarbiyalashingiz lozim.

Unutmang! Siz tashlab ketgan (ketayotgan) farzand sizga omonat qilib berilgan. Uni bir umr ko‘ngli yarim, tirik yetim, jizzaki, nafratga to‘la inson bo‘lib o‘sishiga sababchi AYBDOR bo‘lib qolmang. 

 

Saidabror UMAR tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi

30.04.2025   3945   2 min.
Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi

Kecha, 29 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari xalqaro konferensiya doirasida Iordaniya bosh muftiysi Ahmad Ibrohim Hasanot hamda Qirol Abdulloh II nomidagi Imomlar malakasini oshirish instituti direktori Abdusattor Alquda bilan uchrashuv o‘tkazdilar.  

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani, mamlakatlar rahbarlarining do‘stona aloqalari turli yo‘nalishlardagi munosabatlarga zamin bo‘layotgani, aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgani, unda diniy ta’lim, zamonaviy fatvo ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilanganiga urg‘u qaratildi. Shuningdek, mehmonlarga Davlatimiz Rahbari sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.   

Diniy idora Fatvo markazi ulamolari mazkur institutdagi o‘quvlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani, iordaniyalik ulamolar mamlakatimizdagi anjumanlarda doimiy qatnashib kelayotgani, xususan, Islomiy ilmlar dorulfununi doktori Shayx Saloh Abul Hoj faolligi uchrashuvda alohida ta’kidlandi.

Iordaniya muftiysi zaminimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mutafakkirlar yetishib chiqqani, yurtimiz ulamolari din rivojiga katta hissa qo‘shgani, Islom aqidasini himoya qilishdagi beqiyos xizmatlariga urg‘u qaratdi.

Ahmad Ibrohim Hasanot Samarqandda o‘tayotgan konferensiyaning dolzarbligi haqida gapirib, bugungi kunda moturidiylik ta’limotini chuqur o‘rganishni taqozo etayotgani, moturidiylik maktabining ilm-ma’rifat, mo‘tadillik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdagi o‘rnini yuqori baholadi. Shuningdek, u o‘zbekistonliklar fayzu baraka, ilm-ma’rifatni arab olamidan emas, balki o‘zlarining o‘tmishdagi buyuk mutafakkirlari merosidan olishlari eng to‘g‘ri yo‘l ekanini izohladi.

Imomlar malakasini oshirish instituti direktori Abdusattor Alquda ushbu o‘quv dargohi masjid imom-xatiblari tayyorlanishi va ularning malakasi oshirish, diniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ekstremizm va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish ishlari bilan shug‘ullanishini bildirdi.

Uchrashuv nihoyasida zamonaviy fatvolarni ishlab chiqish, diniy soha xodimlari malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot olib borishda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi Iordaniyada diniy soha xodimlari kasb-mahorati oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari