Muhammad ismi butun dunyoda juda ommalashgan. Independent ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi 150 million nafar erkak va o‘g‘il bolalarning ismi Muhammad.
Endi dunyodagi eng ommalashgan ismlardan biri AQSHdagi bolalar orasida ham eng keng tarqalgan ismlardan biriga aylandi. BabyCenter sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad ismi o‘g‘il bolalarga qo‘yiladigan eng ommabop 10ta ism ro‘yxatidan joy oldi.
2013 yilda Muhammad ismi top yuztalikdan joy olgan, biroq hali top o‘ntalikka kirmagandi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘pgina davlatlarda ham Muhammad ismi eng ko‘p qo‘yiladigan ismlar qatoridan joy olmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “Muhammad”ning ma’nosi – to‘xtovsiz, tinimsiz, hamisha maqtaladigan, demakdir[1]. Ya’ni, maqtovga munosib sifatlari, maqtovli xislatlari, maqtovga loyiq amallari va taqdirlanarli ishlari juda ham ko‘p, ulug‘ fazilatlar egasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, sharqshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan muhim ishlanma va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, boy ilmiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ibrohimov Ne’matullaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev