Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

“Allohumma antas-salaam...” zikrini aytish

01.02.2024   1788   2 min.
“Allohumma antas-salaam...” zikrini aytish

Cavol: “Allohumma antas-salaam...” zikrini asr namozi kabi ortida sunnat namozlari bo'lmagan farzlardan keyin ham aytiladimi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Ha, aytiladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu zikrni qilganlari haqidagi hadislarda birorta namoz istisno qilinmagan. Balki mazkur zikr barcha namozdan keyin aytilganiga ishora qiladi. Bu haqda Hanafiy olimlardan Alouddin Kosoniy rahimahulloh “Badoi'us sanoi'” nomli kitobida quyidagilarni zikr qilganlar:

“Imom salom berib namozni tugatgach, agar shu o'qigan namozi bomdod va asr kabi ortida sunnat namozi yo'q bo'lsa, xohlasa turib ketadi. Hohlasa, joyida o'tirib, duolar bilan mashg'ul bo'ladi. Chunki bu ikki namozdan keyin o'qiladigan sunnat namoz yo'q. Shunday ekan, duo qilib o'tirishining zarari yo'q. Oisha roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig' bo'lgach, “Allohumma antas salaam va minkas salaam tabarokta yaa Zal Jalali val Ikrom”, der edilar”.

“Maroqul faloh” kitobida ushbu ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin:

“Imom namozini tugatgach, xohlasa, vird(zikr)larini o'tirib, xohlasa turib aytadi. Uch marta istig'for aytadi. Keyin ushbu hadisda kelgan zikrni aytadi:

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatgach, uch marta istig'for aytib, keyin “Allohumma antas salaam va minkas salaam tabarokta yaa Zal Jalali val Ikrom”, der edilar”(Imom Muslim rivoyati).

Mazkur iboralardan ma'lum bo'ladiki, mazkur zikr barcha farz namozdan keyin aytiladi. Agar farz namozning ortidan sunnati ham bo'lsa, ushbu zikrni qilish bilan kifoyalanadi va sunnat namozni ado etishga turadi. Agar ortidan sunnati bo'lmagan namoz bo'lsa, ushbu va boshqa zikrlarni qilib o'tirishi joiz. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

12.08.2025   240   1 min.
Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. 


Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda. 


Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi. 


Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda
Dunyo yangiliklari