Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446

Ar-Rohman surasi fazilatlari

09.07.2020   15145   1 min.
Ar-Rohman surasi fazilatlari

Ar-Rahmon – Allohning go‘zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insonlarga, jinlarga bergan behisob ne’matlari eslatilgan, o‘ttiz bir marta: “Parvardigoringizning qaysi bir ne’matini inkor etasizlar?!” – deb xitob qilingan.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlar oldiga chiqib, Ar-Rahmon surasini boshidan oxirigacha o‘qib berdilar. Sahobalar qiroatga quloq solib jim o‘tiraverishdi. Bu holni ko‘rgan Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam jinlar qanday javob qaytarganini aytdilar: jinlar bilan uchrashilgan tunda u zot Ar-Rahmon surasini o‘qib berganlar. Har safar “Parvardigoringizning qaysi bir ne’matini yolg‘onga chiqarasizlar?!” oyatidan o‘tilganda, jinlar: “Parvardigoro, Sening bironta ham ne’matingni inkor qilmaysiz. Barcha maqtovlar Sengagina xos!” deb javob qaytarishgan.

Har narsaning ziynati bo‘ladi. Qur’onning ziynati – Ar-Rahmon surasi. Bu surada dunyo va oxirat ne’matlari, jannat ahlining kelinlari bo‘lmish hurlar vasf etilgan, ularning zeb-ziynatlari haqida ma’lumot berilgan.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Har bir narsaning kelini bor. Qur’onning kelini Ar-Rahmon surasidir” (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Fotima roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda: “Hadid, Voqea, Ar-Rahmon suralarini o‘qiydigan qori osmonlaru yer malakutida “Firdavsda yashovchi” deb chaqiriladi”, deyilgan (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi

29.04.2025   5452   2 min.
“Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi

Kecha, 28 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda haj delegatsiyasi vakillari, ishchi guruhi a’zolari, mingboshilar va shifokorlar jamoasi ishtirok etdi.

Majlis avvalida Muftiy hazratlari haj qiluvchi inson Haq taoloning mehmoni ekani, shu bois haj amalini bajarayotgan kishiga ko‘mak bergan, uning og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ ajru savoblarga noil bo‘lishi haqida so‘zladilar. Shuningdek, har bir ishchi guruhi a’zosi ana shunday ulug‘ darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga O‘zi rozi bo‘ladigan darajada sidqidildan xizmat qilishi lozimligini alohida qayd etdilar.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilish davomida muborak safarga qadar ziyoratchilar bilan muntazam suhbatlar tashkil etish va ularda hajning tartib-qoidalari, farz, vojib va sunnatlari, o‘ziga xos mashaqqatlarini tushuntirish va zikru duolar qilish va yurtdoshlarimizning barcha savollariga batafsil javob berish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, muborak zaminlarda har bir daqiqani g‘animat bilish, toatu ibodat ila o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qilishga urg‘u qaratdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov va Shifokorlar guruhi rahbari Alisher Saatov kabilar so‘zga chiqib, tashkiliy ishlar, tibbiy jihatlar, xat-hujjatlar, jamoaviy tartib-intizomga rioya etish, qonun-qoidalarga amal qilish, hojilar xavfsizlini ta’minlash va ogohlikga oid muhim tavsiyalarni berdilar.

Shuningdek, joriy mavsumda “Haj – 2025” ishchi guruhi va shifokorlar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklangani, shu bois har kim o‘z vazifasini vijdonan to‘la bajarishi zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab xayrli duolar qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

“Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi “Haj – 2025” ishchi guruhiga katta mas’uliyat yuklandi
O'zbekiston yangiliklari