Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Toshkent shahridagi qaytadan bunyod etilgan jome masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Tashrifning batafsil tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Jannat ziynatlanadi
Ramazonning birinchi kuni kelganida Alloh taolo Rizvon (jannat eshiklarini qo‘riqlovchi farishta)ga: “Ummati Muhammaddan ro‘za tutib, kechalari qoim bo‘ladiganlar uchun jannatni ziynatlagin!” deb aytadi.
Allohning yana bir farishtasi borki, uning bir qanoti yoqutdan, ikkinchisi esa zumraddandir. U har kecha: “Tavba qiluvchi bormi?” deb nido qiladi (Imom Zahabiy rahimahulloh. Tarixul Islom).
Do‘zax eshiklari yopiladi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazonning birinchi kechasi bo‘lganda shaytonlar va bebosh jinlar kishanlanadi, do‘zax eshiklari berkitiladi, ulardan birortasi ham ochiq qo‘yilmaydi va jannat eshiklari ochiladi, ulardan birortasi ham yopilmaydi. Har kecha bir jarchi: “Ey yaxshilik talabgori, kelgin! Ey yomonlik talabgori, to‘xtagin!”, deydi”, deganlar (Imom Termiziy, Nasoiy va Ibn Hibbon rivoyati).
Allohning rahmati yog‘iladi
Manbalarda, “Ramazon oyining birinchi kechasida Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa, uni hech qachon azoblamaydi”, deyiladi.
Afsuski, ko‘pchilik bu kunni bozorda “hali uni, hali buni sotib olishim kerak” degan bekorchi o‘y-hayollar bilan o‘tkazib yuboradi.
Demak, banda ramazonning ilk kunlaridan boshlab uni g‘animat bilmog‘i lozim ekan.
Davron NURMUHAMMAD