Jannatda saroylaringiz bo'lishini istaysizmi?
Unda Vaqf fondining "Masjid" aktsiyasida ishtirok eting!
Ushbu aktsiyada yig'ilgan mablag'lar qat'iy tartibda masjidlarni tamirlashga yo'naltiriladi.
Zero, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalamdan "Kimki masjidga bitta g'isht qo'ysa, Alloh unga jannatdan qasr va'da qilgan" degan hadis keltirilgan.
Masjidlarni qurish va ta'mirlashda hissa qo'shish bilan o'zingizga Jannatdan qasr hozirlang!
http://www.vaqf.uz/uz/promote/view/20
Siz ham Alloh roziligi yo'lida vaqf qiling va davomli savobga ega bo'ling!
Hayriya qilish uchun ustiga bosing:
PAYME (https://payme.uz/fallback/merchant/?id=5b1fd0995c641e0e8369c4c3) | CLICK (https://my.click.uz/auth) | Uzum Bank (https://payment.apelsin.uz/merchant?categoryId=25) | Agrobank (https://my.agrobank.uz/?cat=16&pay=255) | uPay
USSD (https://fast.upay.uz/merchant/286) orqali: *880*021092*summa#
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Janoza namozida to‘rtta takbirni aytish farz deb eshitganmiz. Imomga iqtido qilgan kishilar ham takbirlarni aytishlari kerakmi? Ularga ham to‘rt takbirni aytish farz bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Albatta, iqtido qilganlar ham mazkur takbirlarni aytishlari farz bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz mazkur takbirlar boshqa namozlardagi rakatning o‘rnida bo‘ladi, ya’ni to‘rt takbirli janoza go‘yoki to‘rt rakatli namozning hukmida bo‘ladi, deganlar.
Shu bois imom ham, unga iqtido qilganlar ham takbirlarni aytishlari shart hisoblanadi. Agar kimdir takbirlarni aytmasa, yoki ulardan bittasini qoldirsa, janoza o‘qigan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.