Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida Muftiy hazratlari ushbu o‘quv dargohi hududida qad rostlayotgan 4 qavatli binoda bo‘layotgan qurilish jarayoni holatini ko‘zdan kechirish chog‘ida o‘qituvchi va talabalarga qulay shart-sharoit qilish, qo‘shimcha binoning oliygoh faoliyatidagi ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri haqida maslahatlar berdilar. Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini milliy va zamonaviy me’morchilik an’analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan muftiy hazratlari alohida tavsiyalar taqdim etdilar.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent islom instituti hududida barpo etilayotgan mazkur bino qurilishiga Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019 yil noyabr oyida 4 qavatli ma’muriy bino qurishga ruxsat berilgan edi.
Qurilish ishlari 2019 yil noyabr oyi o‘rtalarida boshlandi. Unda asosan talabalar turar joyi va ma’muriy xonalarni joylashtirish rejalashtirilgan. Hozirda yong‘in xavfsizligi zinasini qurish va binoning old qismida pardozlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari kelayotgan 3-4 oy ichida tugallanashi mo‘ljallanmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV