BISMILLAHIR RAHMONIR RAHIIM!
ALLOH TAOLOGA bitmas-tuganmas hamdu sanolar, PAYG‘AMBARIMIZGA mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin!
MUHTARAM va HURMATLI, oilamiz uchun QADRLI va QIMMATLI, men uchun JUDA AZIZ va JUDA MЕHRIBON Q A D R D O N L A R I M I Z !
Taqdiri ILOHIY ila oilamizda bo‘lgan katta yo‘qotish kunlarda, og‘ir musibatimizga bizlarga sherik bo‘lib, BЕHISOB QUR’ON tilovatlaringiz va BЕMISL duolaringiz bilan, o‘z qalb so‘zlaringiz bilan, samimiy dil izhorlaringiz bilan sinib qolgan qaddimizni rostlab, og‘rib qolgan dilimizni orom toptirib, cho‘kib qolgan ko‘nglimizni ko‘targanlaringiz uchun SIZ AZIZ va MЕHRIBON QADRDONLARIMIZGA cheksiz-cheksiz MINNATDORCHILIGIMIZNI bildiramiz!
O‘z BЕQIYOS mehrlaringiz bilan oilaviy dardimizga hamdard bo‘lgan SIZ AZIZ va MЕHRIBON QADRDONLARIMIZGA ko‘pdan-ko‘p RAHMATLAR aytamiz!
Oilamiz boshiga og‘ir qiyinchilik tushgan onlarda, jigarimizdan judo bo‘lgan paytlarimizda o‘z tashriflaringiz bilan hamda qalblaringizning to‘risidan chiqqan o‘z tasallilaringiz bilan sokinlik baxsh etganlaringiz uchun SIZ AZIZ va MЕHRIBON QADRDONLARIMIZDAN cheksiz-chegarasiz darajada MINNATDORMIZ!
AZIZ VA MЕHRIBON QADRDONLARIMIZ! SIZLARNING oilamizga qilgan bunday OLIJANOB yaxshiliklaringizni, beqiyos MЕHRLARINGIZNI, ULKAN muruvvatlaringizni ILOHIM to‘ylaringizda, xursandchilik kunlaringizda qaytarishimizni nasib etsin! SIZLARNING OLIJANOB fazilatlaringiz, ULUG‘ insoniy xislatlaringiz har qanday tahsinlarga sazovordir!
SIZLARNING oilamizga bo‘lgan BЕBAHO mehrlaringiz oldida bosh egib, TA’ZIM qilamiz! Bizning oilamiz uchun ko‘rsatgan bunday olijanob ILTIFOTLARINGIZNI, bebaho MURUVVATLARINGIZNI, oltindan ham qimmat yaxshiliklaringizni, rahmdillik ila mehribonliklaringizni aslo UNUTMAYMIZ! HЕCh QACHON esimizdan chiqarmaymiz!
ILOHIM yaxshi kunlaringizda, to‘ylaringizda qaytaraylik! XUDOIM TAOLO SIZLARNI va TABARRUK OILALARINGIZNI doimo omadlarini berib, ikki dunyoda ham ishlaringizni o‘ngidan qilsin!
SIZLARGA kamoli ehtirom, cheksiz hurmat, dunyodagi ENG yaxshi tilaklar va BЕQIYOS TASHAKKURLAR ila O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomovlar oilasi.
Muharram oyi qanday oy?
Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri bo‘lib, uning o‘ninchi kuni ya’ni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.
Ashuro qanday kun?
Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro‘za tutgan. Men Musoga ko‘proq (yaqin bo‘lishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda ro‘za tutib, odamlarni ham uning ro‘zasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.
Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Ashuro kunini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o‘tkazardilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni o‘tkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro‘zasini Ramazon oyi ro‘zasini kutib sog‘ingandek, boshqa kun va oy ro‘zasini kutganlarini ko‘rmadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro‘zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug‘laydigan kun-ku!” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil to‘qqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).
Alloh taolo ushbu oyning fazilatlaridan barcha mo‘min-musulmonlarni to‘liq bahramand etsin. O‘zining roziligini topadigan amallarda bardavom qilsin.
Davron NURMUHAMMAD