Xabar beganimizdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov hamrohligida Qo‘shrobod tumanida joylashgan “Domla Kamoliddin Ohun” jome masjidini qaytadan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng masjid jamoasi bilan dildan suhbatlashib shunday dedilar qurilish ishlarini jadallashtirib tez kunlarda namozxonlarga topshirishini aytdilar.
Tashriflarning avvalida Qur’oni karim tilovat qilingach, jonliq so‘yilib ushbu masjidni to qiyomatgacha Alloh taologa ibodat qilinadigan, xatmi Qur’onlar, zikru tasbehlar o‘qiladigan sajdagoh bo‘lishini, moddiy va ma’naviy obod aylashi, mo‘min-musulmonlar ibodat qiladigan baytulloh bo‘lishini tilab, xayrli duolar qilindi.
Alloh taolo ushbu jome masjidni tez kunlarda bunyod etilib, xalqimizga muborak aylashini nasib etsin!
Tashrif davom etmoqda...
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati