Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

O'g'il otaning siridir, qiz-chi?

01.02.2024   810   3 min.
O'g'il otaning siridir, qiz-chi?

Otam onam bilan tortishib qolsalar yoki ko'chadan uyga asabiylashib kelsalar, meni oldilariga chaqirib, ichlaridagi gaplarni menga aytardilar. Qo'p sirlarini men bilan bo'lishardilar. Dadam bilan ko'p gaplashganimizdan, ko'p dardlashganimizdan ichlarida men bilmaydigan sirlari bo'lmasa kerak deb o'ylardim. Haqiqatda shunday edi. Otam ba'zi muammoli masalalar bo'lib qolsa ham men bilan maslahatlashardilar. Mening gaplarimga, yosh boshim bilan bergan maslahatlarimga shunchalik e'tibor bilan quloq solardilarki, ba'zida hatto o'zimni dadamning onasidek his qilardim.

Dadamning menga bo'lgan bu darajadagi ishonchlaridan juda xursand bo'lardim. Bundan o'zimda katta mas'uliyatni ham his qilardim.

Ota qiziga sirlarini aytishi, u bilan ishlarini maslahat qilishi, muammolarini muhokama qilishi juda go'zal holatdir. Ko'pchilik qizlar onasi bilan sirdosh bo'lishi tabiiy. Lekin otasi bilan bu darajada yaqin bo'lishi doim ham kuzatilavermaydi.

Ota qiziga sirini aytadigan darajada yaqin bo'lganidan keyin o'z navbatida qiz ham otasiga qalbida tugib qo'ygan gaplarini aytadi. Otasidan hech narsani yashirmaydi. Buning ajoyib tarafi, agar qiz katta hayot ostonasida biror xato qaror qabul qilmoqchi bo'lsa, ota buni oldindan biladi va qizining adashishiga yo'l qo'ymaydi. Unga to'g'ri yo'l ko'rsatadi.

Payg'ambarimiz sollalohu alayhi vasallam ham qizlari Fotima onamiz roziyallohu anho bilan shunday yaqin bo'lganlar. Vafot etar chog'lari Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli qizlari Fotima onamizni chaqirdilar. Fotima onamiz otalariga shu qadar o'xshardilarki, hatto yurishlari ham Nabiy alayhissalomnikidek edi. Payg'ambarimiz alayhissalom suyukli qizlarini yonlariga o'tqazdilar. Keyin qizlarining qulog'iga bir sirni aytdilar. Fotima onamiz bu sirni bilgach, yig'ladilar. Atrofdagilar ota va qiz oralarida nima gap o'tayotganini bilishmasdi. Keyin Nabiy alayhissalom Fotima onamizga yana bir gap aytdilar. Bu safar ham hech kimga eshittirmay gapirdilar. Bu gapdan esa Fotima onamizning chehralari yorishib tabassum qildilar.

O'sha vaqtda Fotima onamiz bu sirni hech kimga aytmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan o'tganlaridan so'ng Fotima onamizdan Payg'ambarimiz alayhissalom nima deganlarini so'rashdi. Fotima onamiz aytishlaricha, Payg'ambarimiz alayhissalom birinchi safar o'zlarining vafot etishlarini aytgan ekanlar. Buni eshitib Fotima onamiz otalarining firoqiga chidolmay yig'labdilar. Keyingi safargisida Payg'ambarimiz alayhissalom o'z ortlaridan birinchi bo'lib ergashadigan, ya'ni dunyodan birinchi bo'lib o'tadigan kishi Fotima onamizning o'zlari bo'lishlarini aytibdilar. Shunda Fotima onamiz bu xabardan quvonib, kulgan ekanlar.

Demak, otalar qizlariga nisbatan masofa saqlamasliklari, kerak bo'lsa, qizlarini o'zlariga eng yaqin sirdoshdek bilishlari lozim ekan. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallam barchamizga o'rnakdirlar.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

12.08.2025   81   1 min.
Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.


Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan. 

Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.


Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari