Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Avgust, 2025   |   14 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:25
Peshin
12:34
Asr
17:27
Shom
19:36
Xufton
20:59
Bismillah
08 Avgust, 2025, 14 Safar, 1447

FAOLIYAT BOSHLAYDIGAN MASJIDLAR RO‘YXATI

05.06.2020   6396   3 min.
FAOLIYAT BOSHLAYDIGAN MASJIDLAR RO‘YXATI

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, 2020 yil 8 iyundan boshlab "YASHIL" hududlarda masjidlar yana namozxonlar uchun ochilmoqda.

2020 yil 2 iyun holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Demak, 8 iyun, dushanba kunidan boshlab masjidlar faqat «yashil» hududlarda o‘z faoliyatini boshlaydi, ushbu maskanlarda 5–8 iyun kunlari sanitar choralar amalga oshiriladi.

Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz masjidlarda namoz o‘qishni juda sog‘inishdi. Allohga shukrki, masjidlar eshiklari yana ochildi, karantin mezonlariga amal qilgan holda “yashil” hududlarda fayzli ibodatlarni boshlaymiz. Qolgan «sariq» va «qizil» hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, bir oz sabr qilsak, ushbu kasallik xavfi kamaysa, u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh.

 

Quyida respublika bo‘yicha tuman-shaharlar kesimida “yashil”, “sariq” va “qizil” hududga toifalanishning ro‘yxatini PDF formatida yoki quyidagi surat shaklida ko‘rishingiz mumkin.

 

 

 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohning Kalomiga behurmatlik - iymondan ayiradi

06.08.2025   3125   1 min.
Allohning Kalomiga behurmatlik - iymondan ayiradi

Savol: Qur’oni karim oyatlari yozilgan qog‘ozlarni yerga tashlash yoki ulardan meva-cheva, pista-bodom va shunga o‘xshash narsalarni o‘rashda foydalanish holatlari uchramoqda. Bunga dinimizning munosabati qanday bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qur’oni karim oyatlari, hatto uning boshqa tilga o‘girilgan tarjimasi yozilgan varaqlardan siz aytgan holatlarda foydalanish noto‘g‘ri, balki og‘ir gunoh hisoblanadi. Chunki bu Qur’oni karimni tahqirlash va xorlash demakdir. Bunday ishlarni qasddan qilgan kishi iymonidan ayriladi. Qur’oni karimni ulug‘lab ehtirom qilish, tahoratsiz holda ushlamaslik, nojo‘ya joylarga qo‘ymaslik dinimizning qat’iy talabidir. Imom an-Navaviy rahimahulloh bu haqda shunday deganlar:

“Barcha musulmonlar Qur’on mus'hafini asrash va uni hurmat qilish farz ekaniga ijmo (ittifoq) qilishgan. Bizning mazhab ulamolari va boshqalar ham bunday deyishgan: "Agar bir musulmon Mus'hafni axlatxonaga tashlasa, u bu amali bilan kofir bo‘ladi (Alloh saqlasin)!” (“At-Tibyon” kitobi). 

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, Qur’oni karimni hurmat qilish har bir musulmonning e’tiqodiy burchidir. Qur’on sahifalarini har qanday nojo‘ya maqsadda ishlatish, uni kamsitish — Allohning Kalomiga nisbatan ochiq behurmatlik bo‘lib, bu ish katta gunoh bo‘lishi bilan birga iymondan ayiruvchi razil amaldir. Tavfiq Allohdan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.