Ummonning mashhur "Vijhat" gazetasining ingliz tilidagi versiyasida O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichki turizmni qayta tiklash haqida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Mamlakatimizning Ummondagi elchixonasiga ko‘ra, nashr muallifi Yusuf Balushi O‘zbekistonning "yashil" va "sariq" karantin darajasiga ega hududlarida joriy yilning 1 iyunidan boshlab ichki turizm qayta tiklanishini aytadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida nazarda tutilgan.
Ushbu sanadan boshlab turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar va madaniy muassasalar karantin talablariga rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin. Xuddi shu Farmonda kirib keladigan turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklash ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichda koronavirusga bardosh bergan xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatini tuzish belgilangan.
Muallif yana shuni ta’kidlaydiki, mamlakatning zarar ko‘rgan turizm industriyasi bir qator imtiyozlar bilan ta’minlanadi. 2020 yilning 1 iyunidan 31 dekabriga qadar turoperatorlar, sayyohlik agentlari va mehmonxonalar uchun daromad solig‘i stavkalari 50% ga pasaytiriladi. Ular soliq kodeksida nazarda tutilgan summalarini cheklamagan holda 2020 va 2021-yillardagi natijalar asosida zararlarni o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Maqolada O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasi tufayli shu yilning 16 martidan boshlab sayyohlar uchun yopilgani haqida ma’lumot berilgan. "Hozircha O‘zbekistonda 1500 ta turoperatorlar va 1200 ta mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 2019 yilda mamlakatga 6,7 million sayyoh tashrif buyurdi va eksport salohiyatiga qo‘shilgan hissa 1,3 milliard dollardan oshdi", - deya qayd etadi nashr.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).