Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

Haqiqiy peshvolik namunasini ko‘rsatganingiz uchun ChЕKSIZ TASHAKKUR!

03.06.2020   4043   7 min.
Haqiqiy peshvolik namunasini ko‘rsatganingiz uchun   ChЕKSIZ TASHAKKUR!

Butun dunyoga koronavirus pandemiyasi tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tug‘dirdi. Yurtimizda o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar, xalqimizning chuqur tushunishi va o‘ziga xos sabr-toqati bilan bu ofat jilovlanib, ommaviy yoyilib ketishining oldi olinyapti. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qisqa fursatlarda davolash muassasalari qurilib, karantin zonalari tashkil etilgani bunda muhim omil bo‘ldi.

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda olijanoblik namunasini ko‘rsatgan, mehr-oqibat, saxovat va olihimmatlik fazilatlarini ulug‘lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarga katta hissa qo‘shgan, hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan qadrli va tabarruk ulamolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-domlalarimiz, aziz va qimmatli mudarrislarimiz, mushtipar va munis otinoyilarimiz, masjid-madrasalarimiz bebaho va mehnatkash xodimlari hamda sevimli va suyukli talabalarimizning xizmatlarini ALOHIDA E’TIROF etish kerak.

Bunday insonlarimiz pandemiya davrida va turli tabiiy ofatlar tufayli elu yurtimiz boshiga tushgan sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishda haqiqiy jonbozlik ko‘rsatganlari ulkan tahsinlarga va beqiyos tashakkurlarga loyiqdir!

Natijada, matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo‘lib, insonparvarlik va mehr-oqibatlilikning yuksak namunasini butun dunyoga ko‘rsatdilar.

Diniy sohada mehnat qilayotgan fazilatli insonlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, xayriya mablag‘larini to‘g‘ri yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga ko‘mak berish, og‘ir sharoitdagi odamlarni sabr-toqatga chaqirish, ularning ko‘nglini ko‘tarishdagi fidoyiliklari har qanday maqtovga loyiqdir! Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Yaxshilikning mukofoti – faqat yaxshilikdir”,  – deb xushxabar bergan.

 Ushbu kasallik va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida diniy soha xodimlari ishtirokida jonliqlar so‘yilib, najot so‘rash namozlari ado etilgani, xatmi Qur’onlar, duoyu tazarrular, istig‘forlaru salavoti shariflar aytilgani eng ulug‘vor ishlardan bo‘lganini alohida e’tirof etishimiz – ham qarzimiz, ham farzimizdir!

Alloh taboraka va taolo Qur’oni karimda insonlarni sinovli kunlarda sabr va qanoatli bo‘lishga da’vat etib, “Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik ham bordir”, – deb marhamat qiladi. Chindan ham, har qanday tashvish ortida yengillik borligini koronavirus kasalligidan sog‘ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning yordami ila o‘z hayotini yangitdan yo‘lga qo‘yib olayotgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar.

Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona yengib o‘tishda diniy soha xodimlarining pandu nasihatlari, ibratli o‘gitlari va ezgu tashabbuslari juda ham katta ta’sir ko‘rsatdi.

Muhtaram Yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashda faollik  ko‘rsatganlarga tashakkur bildirib, keng jamoatchilik vakillari qatorida qadri baland imom-xatiblarni ham alohida (!) esga olganlari diniy soha xodimlari mehnatlariga berilgan yuqori bahodir.

Xalqimiz tomonidan mana shunday ulug‘vor ishlar uchun juda ko‘p minnatdorliklar kelib tushmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali ham mamlakatimiz fuqarolari tomonlaridan ALOHIDA RAHMATNOMALAR hanuzgacha izhor qilinmoqda. Ayniqsa, mana shunday samimiy maktublarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, xususan muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va u kishining birinchi o‘rinbosarlari Homidjon qori Ishmatbekovga alohida dil so‘zlari bitilgan.

O‘z navbatida biz ham mana shunday ulug‘vor ishlarda boshchilik qilgan – Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamshetdin domla Bauatdinov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmon domla Jabborov, Navoiy viloyat bosh imom-xatibi Toir domla Ro‘ziyev, Namangan  viloyati bosh imom-xatibi Abdulhay domla Tursunov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulla domla Zokirov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Cayfiddinov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Turmatov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov, Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydullo domla Abdullayev, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev va Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmanovlarga CHUQUR MINNATDORLIK BILDIRAMIZ!

Shuningdek, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar domla Xalilov, Toshkent shahridagi “Al-Badr” jome masjidi imom-xatibi Odil domla Xolmurodov, “Pul yemas ota” masjidi imomi Muzaffar domla A’zamov, “Yakkasaroy” masjidi imom noibi Dilmurod domla Rahimov, “Baland” masjidi imom noibi Ma’ruf domla Norqulov, “Muhammad Umar o‘g‘li Zokir” masjidi imom noibi Qahramon domla Xo‘rozov, Farg‘ona viloyati “Oq do‘ppi eshon” masjidi imom-xatibi Muhammadamin domla Abduhamidov, Surxondaryo viloyati “Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi Dilmurod domla Davlatov, Qashqadaryo viloyati “Sulton Mirhaydarbobo” ziyoratgohi rahbari Ulug‘bek domla Amirov, “Hazrati Mirijanda” masjidi imom-xatibi Anvar domla Ganjiyev, Xorazm viloyati “Xo‘jabobo” masjidi imom-xatibi Ergash domla Otajonovga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali yurtimiz fuqarolari tomonlaridan ALOHIDA TASHAKKURNOMALAR izhor qilingan.

Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarining muborak hadisi shariflarida: “Odamlardan bo‘lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam Xudoga ham shukr qilaolmaydi”, – deb marhamat qilganlar. Dono xalqimiz esa: “Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham kaytadi. Yomonga qilsang yaxshilik – na aytadi, na qaytadi”, deb bejizdan bejiz aytmagan.

Alloh taolodan mana shunday qadrli va tabarruk ulamolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-domlalarimiz, aziz va qimmatli mudarrislarimiz, mushtipar va munis otinoyilarimiz, masjid-madrasalarimiz bebaho va mehnatkash xodimlari hamda sevimli va suyukli talabalarimizga sihat-salomatlik, shodu hurramlik va ikki dunyo saodatini so‘raymiz!

Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz rivoji hamda dono xalqimiz salomatligi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar ato etishini Mehribon Parvardigorimizdan iltijo qilib qolamiz!

El-yurtimiz ravnaqi va dini Islom ma’rifati yo‘lida kunni tunga, tunni kunga ulab, o‘zining bor kuch-qudrati va aql-zakovatini ayamasdan, sidqidildan, fidoyilarcha, xolisona hamda ulkan mehr ila xizmat qilib kelayotgan SIZLARDЕK mo‘tabar insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan OTA-ONALARINGIZGA MING RAHMAT !!!  Barcha ota-onalarga ham Parvardigori olam ana shunday farzand tarbiyalab, kamolga yetkazishni nasib aylasin!

 

Ibrohimjon INOMOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

100 ta sirli ibora (3-qism)

22.04.2025   4146   14 min.
100 ta sirli ibora (3-qism)

100 ta SIR-ASRORLI IBORA

yoxud

ODAMLAR BILAN

MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI

100 ta “SЕHRLI SO‘Z”ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

(3-qism)

DONO  XALQIMIZ  MAQOLLARIDAN:

  • O‘zingga ravo ko‘rmaganni

O‘zgaga ham ravo ko‘rma!

 

  • Shirin-shirin so‘zlasang,

Ilon inidan chiqar.

Achchiq-achchiq so‘zlasang,

Musulmon dinidan chiqar.

 

  • Kishining ko‘nglini og‘ritma zinhor –

Sening ham ko‘nglingni og‘rituvchilar bor!

 

  • Anjom – uy ziynati,

So‘z – inson ziynati.

 

  • Ko‘ngilni qo‘l bilan ovlamasang,

Til bilan ovla!

 

  • Bug‘doy noning bo‘lmasin,

Bug‘doy so‘zing bo‘lsin!

 

  • Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin,

Shirin so‘zing bo‘lsin!

 

  • Bir yaxshi gap esdan chiqmas,

Bir – yomon gap.

 

  • Og‘ziga kelganni demak — nodonning ishi,

Oldiga kelganni yemak — hayvonning ishi.

 

  • Achchiq savol berib,

Shirin javob kutma.

 

  • Achchiq til – zahri ilon,

Chuchuk tilga – jon qurbon.

 

  • Aytar so‘zni ayt,

Aytmas so‘zdan qayt!

 

  • Tuzsiz oshning epi oson,

Tuzsiz gapning epi qiyin.

 

  • Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.

 

  • Ariqni suv buzar,

Odamni – so‘z.

 

  • Bemorga shirin so‘z kerak,

Aqlsizga – ko‘z.

 

  • Bir tavakkal buzadi

Ming qayg‘uning qal’asin.

Bir shirin so‘z bitkazar

Ming ko‘ngilning yarasin.

 

  • Gap egasini topadi.

 

  • Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.

 

  • Dunyoni yel buzar,

Odamni – so‘z.

 

  • Duo bilan el ko‘karar,

Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

 

  • Duo olgan – omondir,

Qarg‘ish olgan – yomondir.

 

  • Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

 

  • Yomon so‘zning qanoti bor.

 

  • Yomon so‘z egasiga qaytar.

 

  • Yomon til yo jonga urar,

Yo – imonga.

 

  • Yomonning yuzi qursin,

Gapirgan so‘zi qursin.

 

  • Zahar til suyakni yorar.

 

  • Iliq so‘z – shakar,

Sovuq so‘z – zahar.

 

  • Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,

So‘z quvgan – baloga.

 

  • Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

 

  • Kuch egmaganni so‘z egar.

 

  • Ko‘p gap – eshakka yuk.

 

  • Ovqatni tuz mazali qilar,

Odamni – so‘z.

 

  • Odam so‘zi bilan sinalar,

Osh – tuzi bilan.

 

  • Odam so‘zlashib tanishar,

Hayvon – hidlashib.

 

  • Oz gapir – soz gapir!

 

  • Olim so‘zi oz,

Oz bo‘lsa ham – soz.

 

  • Sabr qilgan moy oshar,

Olqish olgan ko‘p yashar.

 

  • Sevdirgan ham til,

Bezdirgan ham til...

 

  • Sel ariqni buzar,

Yomon so‘z – dilni.

 

  • “Sen” ham bir og‘izdan,

“Siz” ham...

 

  • Suydirgan ham til,

Kuydirgan ham til.

 

  • Suyaksiz til suyak sindirar.

 

  • So‘z nayzadan o‘tkir.

 

  • So‘z oyoqdan ilgari borar.

 

  • So‘z – chumchuq emas,

Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.

 

  • So‘zdan so‘zni farqi bor,

O‘ttiz ikki narxi bor.

 

  • So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.

 

  • So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq,

So‘zlab edim – boshimga tegdi tayoq.

 

  • So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.

 

  • Tanballik – kulfat,

Mahmadanalik – ofat.

 

  • Til – aql bezagi.

 

  • Til – aql tarozusi.

 

  • Til – aql o‘lchovi.

 

  • Til bor – bol keltirar,

Til bor – balo keltirar.

 

  • Til – dil kaliti.

 

  • Til – dil tarjimoni.

 

  • Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

 

  • Til yugurigi – boshga,

Oyoq yugurigi – oshga.

 

  • Til yaxshisi bor etar,

Til yomoni xor etar.

 

  • Til tig‘dan o‘tkir.

 

  • Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.

 

  • Tilga e’tibor – elga e’tibor.

 

  • Tilga ehtiyot – elga ehtiyot.

 

  • Tili nopok – o‘zi nopok.

 

  • Tili shirinning do‘sti ko‘p.

 

  • Tilni bog‘la dil bilan,

Dilni bog‘la til bilan.

 

  • Tig‘ jarohati bitar,

Til jarohati bitmas.

 

  • Tuya ham muomalaga cho‘kar.

 

  • To‘qson og‘iz so‘zning to‘qsonta tuguni bor.

 

  • Uzun til – boshga to‘qmoq,

Bo‘yinga – sirtmoq.

 

  • Uzun til – umr zavoli.

 

  • Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

 

  • Shakar ham tilda,

Zahar ham tilda...

 

  • Shirin so‘z shakardan shirin.

 

  • Shirin so‘z – qaymoqli ayron,

Achchiq so‘z – bo‘yniga arqon.

 

  • Shirinso‘z shoh kosasida suv ichar.

 

  • Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo.

 

  • Egasiz qarg‘ish egasini topar.

 

  • Etigi yomon to‘r bulg‘ar,

Og‘zi yomon – el.

 

  • Yaxshi gapga quloq sol,

Yomon gapga uloq sol.

 

  • Yaxshi gapning ham qulog‘i bor,

Yomon gapning – ham...

 

  • Yaxshi naql – tomiri aql.

 

  • Yaxshi og‘izga – osh,

Yomon og‘izga – tosh.

 

  • Yaxshi so‘z boldan shirin.

 

  • Yaxshi so‘z bo‘ldiradi,

Yomon so‘z kuydiradi.

 

  • Yaxshi so‘z kuldirar,

Yomon so‘z o‘ldirar.

 

  • Yaxshi so‘z – ko‘ngil podshosi.

 

  • Yaxshi so‘z suyuntirar,

Yomon so‘z kuyuntirar.

 

  • Yaxshi so‘z to‘rga eltar,

Yomon so‘z – go‘rga.

 

  • Yaxshi so‘z – yurak yog‘i,

Yomon so‘z – yurak dog‘i.

 

  • Yaxshi so‘z qand yedirar,

Yomon so‘z pand yedirar.

 

  • Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,

Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar.

 

  • Yaxshi so‘zdan – vafo,

Yomon so‘zdan – vabo.

 

  • Qizil tilim bo‘lmasa,

Qishlar edim elimda.

Yashil tilim bo‘lmasa,

Yayrar edim elimda.

 

  • Yaxshining so‘zi – oltin,

Yomonning so‘zi – bolta.

 

  • Yaxshining so‘zi toshni eritar,

Yomonning so‘zi boshni chiritar.

 

  • O‘n og‘iz so‘z ming og‘iz bo‘lar.

 

  • O‘ttiz tishdan chiqqan so‘z

O‘ttiz uruqqa tarqalar.

 

  • O‘q birni o‘ldirar,

So‘z – mingni.

 

  • Yomonlikka yaxshilik – er kishining ishidir.

Yomonlikka yomonlik – har kishining ishidir.

 

  • Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.

 

  • Yaxshi so‘zning mazasini bilmagan

Yomon so‘zning izzasini bilmas.

 

  • Quloqdan kirgan sovuq so‘z

Ko‘ngilga borib muz bo‘lar.

 

  • Go‘sht-yog‘ berma,

Yaxshi til ber!

 

  • Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber!

 

  • Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,

Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

 

  • Do‘st orttiraman desang,

Shirin suhbat qil!

Dushman orttiraman desang,

Chaqirtikan bo‘l!

 

  • Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

 

  • Yaxshining so‘zi – qaymoq,

Yomonning so‘zi – to‘qmoq.

 

  • Yaxshi-yaxshi desa,

Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.

Yomon-yomon desa,

Kunda tariqday yomonlik qo‘shilar emish.

 

  • O‘zi sovuqning – so‘zi sovuq.

 

  • O‘ziga boqma – so‘ziga boq!

 

  • Taom lazzati o‘zida,

Odam lazzati – so‘zida.

 

  • Har mevaning po‘chog‘i bor,

Har so‘zning o‘lchovi bor.

 

  • Tilingda bo‘lsa boling –

Kulib turar iqboling.

 

  • Yomon til boshga balo keltirar.

Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

 

  • Mazlumlar dilini og‘ritma bir zum,

Balki bir kun o‘zing bo‘lasan mazlum...

                   

  • Gapning qisqasi yaxshi,

Qisqasidan hissasi yaxshi.

 

(3 – qism tugadi. Davomi bor...).

                                                                                                                                                Ibrohimjon domla Inomov

 

 

Ibratli hikoyalar