Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Misrlik yosh shifokor Qur'onni uch tilda yod oldi

22.09.2023   876   2 min.
Misrlik yosh shifokor Qur'onni uch tilda yod oldi

Misrlik yosh shifokor Ahmad qori Atiya Rabi' Qur'oni karimni arab, rus va ingliz tillarida to'liq yod olishga muvaffaq bo'ldi.

“IQNA” saytining “al-Vatan” nashriga tayanib ma'lum qilishicha, misrlik yosh qori Ahmad Atiya Rabi' “al-Azhar” universiteti o'rta maktabida o'qiganidan so'ng Qur'oni karimni to'liq yod olishga muvaffaq bo'lgan, biroq universitetning tibbiyot yo'nalishidagi tahsillari uning Qur'oni karimni yodlashiga to'sqinlik qilmagan.

   Misrda o'rta ta'limni tamomlagandan so'ng Fayum viloyatidan bo'lgan yosh qori Qozondagi Rossiya Federal tibbiyot kollejiga o'qishga kirib, shu erda rus tilini o'rgandi. Qozon shahri aholisi uni iliq kutib olib, Islom va Qur'on haqida ko'plab savollar bilan murojaat qilishdi.

   Uning so'zlariga ko'ra, Qur'oni karimning rus tilidagi tarjimasini yod olgani uning rus tilini yaxshi o'zlashtirishiga yordam bergan va bu uning bu mamlakat aholisi bilan muloqotini osonlashtirgan.     Boshqa tomondan Qur'oni karimning ruscha tarjimasini yodlash orqali u Qur'on va Islom haqidagi savollarga yaxshiroq javob bera oladi.

Ahmad Rabi' ham Qur'onning ingliz tilidagi tarjimasini to'liq yodlashga muvaffaq bo'ldi. U ingliz tilining butun dunyoda keng qo'llanilishini Qur'oni karimning ushbu tilga tarjimasini yodlash borasidagi sa'y-harakatlariga sabab qilib ko'rsatadi.

Shuningdek, u Qur'onning nemischa tarjimasini o'rganish niyati ham borligi haqida so'zladi. Ahmadning so'zlariga ko'ra, uning ushbu tillarni yaxshi bilishi, bu tillarda turli millat vakillari bilan yaxshi muloqot qilishi, ularga Islom va Qur'on haqida yaxshiroq ma'lumot berish va ularning savollariga javob bera olish imkonini bergan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi

                                              Ilyosxon AHMYeDOV tayyorladi.

 

 

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bizdan faqat yaxshilik qoladi

13.01.2025   3526   1 min.
Bizdan faqat yaxshilik qoladi

Vafot etishingiz bilan dastlab nomingiz odamlar yodidan ko‘tariladi. G‘assol kelsa: “Mayit qayerda” – deydi. Mansabingizni ham, nasabingizni ham va hatto ismingizni ham so‘ramaydi. Janozangizni o‘qishdan oldin Imom: “Marhumning yoshi nechchida edi?” – deydi. Mansabingiz ham, nasabingiz ham va hatto nomingiz ham zikr qilinmaydi. Keyin: “Tobutni ko‘taringlar!” – deyiladi. Bunda ham na mansabingiz, na nasabingiz va na nomingiz eslanadi. Hayotda tez unutilasiz, shunchaki xotiraga aylanasiz. Esingizdan chiqarmang, hamma narsa o‘tkinchi sizdan faqat yaxshilik qoladi xalos..!

Xulosa shuki, bugun sizu bizga ALLOH tomonidan umr berildi. Bugun yangi tong otdi. Siz uyg‘ondingiz, buning uchun ALLOHga hamd aytishni unutmang. Dunyoning qaysidir burchagida qanchadan-qancha odam bugun uyg‘onmadi. 

Avvalo, yoningizda bo‘lishsa, ota-onangizning hollaridan xabar oling, yoningizda bo‘lishmasa telefon orqali avhol so‘rang. Har kuni ko‘chaga chiqishingizdan avval ALLOH nomini zikr qiling, hamd aytib, ota-onangizni duolarini oling. ALLOH kasbingizga molingizga rizqingizga, albatta, baraka beradi, inshaalloh. Agar bu olamdan o‘tgan bo‘lsalar haqlariga ko‘p-ko‘p duolar qiling. Shunda ham ularning haqlarini ado eta olmaysiz. 

ALLOH bergan va berayotgan barcha ne’matlarni qadriga yetaylik! 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar