Ro‘zadorlar uchun 11 durdona maslahat (Tanlovga)
12.05.2020
2449
1 min.
- Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ko‘proq salavot ayting.
- 5 vaqt namozni ado qiling, tunda tahajjud namozi va quyosh ko‘tarilgach zuho namozi borligini ham unitmang.
- Nisobga yetgan mablag‘ingiz bo‘lsa, farzni ado qilib sizda turgan kambag‘allarning haqqini bering, har kuni oz bo‘lsa-da, sadaqa qiling, agar sadaqa qilishga biror narsa topa olmasangiz, yaxshi so‘zlaringizni “sadaqa” qiling.
- Nabiy sollallohu alayhi vasallamni, u zotning ahli baytlarini yaxshi ko‘ring va ota onangizga yaxshilik qiling, shunda Alloh sizni yaxshi ko‘radi.
- Taomingizga nazar soling, u haloldan topilmoqdimi? Alloh barchaga halolidan bersin!
- Insonlarga nisbatan qalbingizda g‘illu g‘ashlik saqlamang va odob bilan muomala qiling, Alloh so‘raganingizni beradi.
- “Laa ilaha illalloh” zikrini ko‘paytiring, gunohlaringizga va barcha mo‘minlarning haqqiga istig‘for ayting, qalbingiz pok bo‘ladi.
- “Alhamdulillah” degan paytingizda Alloh taolo: «Bandam menga hamd aytdi va menga shukr qildi», deb javob beradi.
- “Robbim, O‘zing menga va ota-onamga bergan ne’matlaringga shukr qilishimga va sen rozi bo‘lgan solih ishlarni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanma” oyati bilan duo qiling farzandlaringiz solih bo‘ladi.
- “Ey iymon keltirganlar! Ruku, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki najot topsangiz”, oyatiga amal qiling din va dunyo ishingiz o‘nglanadi.
- “Allohga iymon keltirdim deb ayting, so‘ng istiqomatda turing!”, dinning maqsadi va asosini qo‘lga kiritasiz.
Izzatullayev Fayzulloh Lutfulloh
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING