Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

Ro‘zadorlar uchun 11 durdona maslahat (Tanlovga)

12.05.2020   2534   1 min.
Ro‘zadorlar uchun 11 durdona maslahat (Tanlovga)
  1. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ko‘proq salavot ayting.
  2. 5 vaqt namozni ado qiling, tunda tahajjud namozi va quyosh ko‘tarilgach zuho namozi borligini ham unitmang.
  3. Nisobga yetgan mablag‘ingiz bo‘lsa, farzni ado qilib sizda turgan kambag‘allarning haqqini bering, har kuni oz bo‘lsa-da, sadaqa qiling, agar sadaqa qilishga biror narsa topa olmasangiz, yaxshi so‘zlaringizni “sadaqa” qiling.
  4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni, u zotning ahli baytlarini yaxshi ko‘ring va ota onangizga yaxshilik qiling, shunda Alloh sizni yaxshi ko‘radi.
  5. Taomingizga nazar soling, u haloldan topilmoqdimi? Alloh barchaga halolidan bersin!
  6. Insonlarga nisbatan qalbingizda g‘illu g‘ashlik saqlamang va odob bilan muomala qiling, Alloh so‘raganingizni beradi.
  7. “Laa ilaha illalloh” zikrini ko‘paytiring, gunohlaringizga va barcha mo‘minlarning haqqiga istig‘for ayting, qalbingiz pok bo‘ladi.
  8. “Alhamdulillah” degan paytingizda Alloh taolo: «Bandam menga hamd aytdi va menga shukr qildi», deb javob beradi.
  9. Robbim, O‘zing menga va ota-onamga bergan ne’matlaringga shukr qilishimga va sen rozi bo‘lgan solih ishlarni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanmaoyati bilan duo qiling farzandlaringiz solih bo‘ladi.
  10. Ey iymon keltirganlar! Ruku, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki najot topsangiz, oyatiga amal qiling din va dunyo ishingiz o‘nglanadi.
  11. Allohga iymon keltirdim deb ayting, so‘ng istiqomatda turing!, dinning maqsadi va asosini qo‘lga kiritasiz.

Izzatullayev Fayzulloh Lutfulloh

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Haqni tan olmagan - mutaassibdir

4.01.2025   2970   2 min.
Haqni tan olmagan - mutaassibdir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shariatimiz doimo mutaassiblikka qarshi bo‘lib, Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda bu ish qoralangan. Mutaassiblik oqibatida doimiy ravishda dinga zarar yetkazildi, bu hol hozirda davom etmoqda. Mutaassiblikdan yoshlarni himoya qilish uchun uning mazmun-mohiyatini, olimlar unga qanday ta’rif berganini bilishimiz lozim.

Mutaassiblik biron e’tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, o‘z fikrida qat’iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o‘zini haq deb bilishdir. Hozirgi zamon tili bilan bu fanatizm ham deyiladi.

Mutaassib kishi ko‘r-ko‘rona, xoh to‘g‘ri, xoh noto‘g‘ri bo‘lsin o‘ziga ma’qul bo‘lgan bir fikrda mahkam turib, o‘zini fikrini haq, boshqalarnikini nohaq deb e’tiqod qilgan holda o‘z tushunchasini amalda ko‘rsatishga harakat qiladi.

“Kashshofu istilohotil funun” kitobida: “Mutaassiblik, garchi dalil ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir”, deb ta’riflangan.

Ulamolardan Alloma Taftazoniy rahimahulloh: “Mutaassiblik  haq zohir bo‘lsa ham uni tan olmaslikdir”, deb aytgan.

Shayx Alovuddin Buxoriy rahmatullohi alayhi: “Dalil zohir bo‘lganda, aqidasi haqni tan olishdan to‘sadigan kishi mutaassib hisoblanadi”, degan.

Sodrush shari’a Ubaydulloh ibn Mas’ud Mahbubiy esa: “Bilingki, bid’at ikki ishning biridan paydo bo‘ladi. Birinchisi mutaassiblikdan, ikkinchisi ahmoqlikdan. Bir inson aqli joyida bo‘lgan holida qalbidagi aqidasi buzuq bo‘lgani bois haqni tan olmasdan katta ketsa, ana shu kimsa mutaassib bo‘ladi”, deb aytgan.

Alloh taolo bunday kimsalarga tahdid qilib Niso surasining 15-oyatida: «Kim o‘ziga hidoyat ravshan bo‘lgandan keyin Payg‘ambarga xilof qilsa va mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, ketgan tomonga qo‘yib qo‘yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!», deb aytgan.

Shuningdek, mutaassib kishi jamiyat ichida tarafkashlik va bo‘linish yuzaga chiqishiga ham sababchi bo‘ladi. Bu ham muqaddas dinimizda qoralangan ishlardan hisoblanadi. Alloh taolo barchamizni bunday kimsalardan bo‘lib qolishdan o‘zi panoh bersin, o‘zi hidoyat yo‘lga yo‘llasin!

Manba: “Diniy mutaassiblik, mohiyat, maqsad va uni oldini olish yo‘llari” kitobi

Abdusalomov Hojimurod,
Toshkent Islom instituti talabasi.