Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

Ramazon oyida men nima qilishim kerak? (Tanlovga)

12.05.2020   2696   4 min.
Ramazon oyida men nima qilishim kerak? (Tanlovga)

Mana bir necha kunlardan buyon Alloh taolo barcha musulmonlarga farz qilgan ulug‘ bir ibodatni ado yetmoqdamiz. Bu oyda barcha musulmon ummatiga o‘zi uchun savob bo‘lib yoziladigan ishlarni qilmoqligi farzdir.  Shuning uchun har bir odam o‘ziga kunlik qiladigan vazifalarini jadval tarzida belgilab olishi maqsadga muvofiq ishlardan hisoblanadi. Mana shunday jadvallardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

  1. Qur’on qiroat qilish:

Qur’oni karimni qiroat qilishda ma’nolarini his yetgan holda, tadabbur, tafakkur bilan uni qiroat qilishga beriladigan ulug‘ bir ajrni ham his yetgan holda qiroat qilish lozimdir. Sababi bu oyda Qur’oni karim nozil bo‘la boshlagan, har safar Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelganlarida u zotga Qur’oni karimni o‘qib berganlar.

  1. Namozlarda mustahkam turish:

Alloh taolo bandalariga besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etishni farz qilgan. Bu oyda namozga yanada mustahkamroq turib, farz namozlaridan tashqari nafl ibodatlarni ham ado etishga banda haris bo‘lmog‘i lozimdir. Sababi bu oyda qilingan nafl ibodatga Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislarida zikr qilinganidek, farzning savobichalik savob beriladi.

  1. Ota-onaga yaxshilik qilish:

Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimning bir necha oyatlarida O‘ziga ibodat qilish bilan birga ota-onaga ham yaxshilik qilishga buyurgan. Bu ulug‘ bir fazilatli ish hisoblanib, insonning keyingi hayot yo‘li farovon va baxtli tarzda kechishi uchun ota-onaning duosi va ularga qilingan yaxshiliklar sababchi bo‘ladi.

  1. Ramazon oyida xayr-ehson qilish:

Bu oyda iloji boricha saxiylik ko‘rsatib, beva-bechora, yetim-yesir va muhtojlarga xayr-ehson qiling. Hattoki bir dona xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan ozod qilib qoling!

  1. Duo va zikrlarda bardavom bo‘lish:

Alloh taolo Qur’on karimning bir necha oyatida ko‘proq duo va zikr qilishga buyurgan. Har kunlik zikrlarni reja asosida tartiblab olish lozim. Bu qilingan zikrlar o‘z navbatida insonning gunohlarini kechirilishiga sabab bo‘lishi bilan birga eng asosisi insonni qalban Alloh taolo bilan muloqotini yanada yaqinlashtiradi. Ko‘p zikr qilgan inson hech qachon Alloh taolo qaytargan ishlarni qilmaydi va insonlarga ham yomon, qo‘pol muomolada bo‘lmaydi. Demak, bunday inson faqatgina yaxshi ishlarni qilib, yomon so‘zlashdan ham tiyiladi.

Sevikli Payg‘ambarimiz alayhissalom: Ro‘za tutuvchi insonning iftor vaqtida qabul bo‘ladigan duosi bor”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Demak, har bir inson mana shu keltirilgan hadisga amal qilgan holatda iftor vaqtida Alloh taolodan hojatlarini so‘rab duo qilishi kerak ekan. Bu albatta duolar qabul bo‘ladigan vaqtlardan biri hisoblanadi. Banda hech qachon duo qilishdan umidini uzmasligi lozim.

  1. Vaqtni zoye ketkazmaslik:

Bugungi karatin sharoitida vaqtni zoye qilmasdan ustozlar bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida ado qilib borish kerak. Ota-onalar ham o‘z navbatida farzandlariga dars tayyorlashda yordamlashishi kerak. Dars tayyorlash asnosida farzandiga: «O‘g‘lim, agar sen hozirdan o‘zing uchun kerakli bilimlarni egallasang, kelajakda ular senga as qotadi. Payg‘ambarimiz alayhissalomning: Kim ilm olishda bardavom bo‘lsa, Alloh taolo unga jannatning yo‘lini yengil qilib quyadi, degan hadislarini o‘rgating. Shunda farzandingiz ota-onasining ham va vatanining ham koriga yaraydigan inson bo‘lib kamolga yetadi.

Alloh taolo barchamizni Ramazon oyini g‘animat vaqtlarning qadriga yetib, har bir olgan nafasimizda qalbimizdan Alloh taoloni zikr qilishimizni barchamizga O‘zi nasib qilsin!

Haytmurat YERЕJЕPOV,

Imom Buxoriy nomidagi

Toshkent Islom instituti

2-kurs talabasi.

 

 

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (20.12.2024)

22.12.2024   4005   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati