Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2024   |   26 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
27 Dekabr, 2024, 26 Jumadul soni, 1446

Siz ro‘zadormisiz? (Tanlovga)

12.05.2020   2329   1 min.
Siz ro‘zadormisiz? (Tanlovga)

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ramazon oyida ikki yosh yigit bir otaxonning odamlar ko‘zidan pana joyda taom yeyayotganini ko‘rib qolishibdi:

– Otaxon! Siz ro‘zador emasmiciz?

Otaxon:

– Alhamdulillah, ro‘zadorman bollarim. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.

Yigitlar qah-qah otib kulib yuborishdi:

– Bu nima deganingiz?

Otaxon:

– Hech kimga yomon ko‘z bilan qaramayman, biror kishining ko‘ngliga ozor yetkazmayman, mazax, g‘iybat qilmayman, birovning moliga ko‘z olaytirmayman, lekin ming afsuski, oshqozonim kasal, shu bois me’damni ro‘zador qilolmayapman.

Keyin otaxon yigitlardan so‘radi:

– Sizlar ham ro‘zadormisiz, bolalarim?

Yigitlar boshini egib:

– Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos...

Darhaqiqat, ro‘zador o‘zini isloh etmas ekan, ochlikdan boshqa hech narsaga erishmaydi.

Ro‘za qalbimizda, uning sifatlari esa jismimizda namoyon bo‘lishi kerak. Dilimizni Allohga bog‘lamasak; aqlimiz ila tafakkur etmasak, tilimizni behuda so‘zlar, ko‘zlarimiz-qo‘llarimizni bekorchi narsalardan tiymasak ro‘za tutishdan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

Sayyid Abdulqodir Jiyloniy quddisa sirruhu ro‘zani to‘rt xil bo‘lishini aytganlar:

  1. Subhdan shomga qadar yeb-ichmaslik. Bu shariat taqozo qilgan ro‘za.
  2. Bema’ni, foydasiz so‘zlarni so‘zlamaslik. Bu tariqat taqozo qilgan ro‘za.
  3. Bema’ni, foydasiz so‘zlarni hatto ko‘ngilga, xayolga keltirmaslik. Bu ma’rifat taqozo qilgan ro‘za.
  4. Ko‘ngilni, xayolni Allohdan o‘zgasiga yopishlik. Ya’ni, qalbda Allohdan o‘zga bo‘lmasligi. Bu haqiqat taqozo qilgan ro‘zadir.

O‘zini tanimoq istagan ko‘ngillar uchun o‘tgan avliyolar hikmatlari saboq emasmi?!

 

Guljahon Rayhonova Ismoilovna,

Qarshi shahri.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hamdardlik bildiramiz

26.12.2024   1068   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Buxgalteriya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Burxon Nazarovning padari buzrukvorlari Baxtiyor hoji otaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.


Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum otaxonning yaqinlariga, xususan, Burxon Nazarovga hamdardlik bildiramiz. 


Janoza namozi bugun peshin namozidan so‘ng poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Katta Qozirobod" jome masjidida o‘qiladi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz