Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2025   |   13 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:34
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2025, 13 Zulqa`da, 1446

Malayziyada O'zbekiston haqidagi teleko'rsatuvlar berilmoqda

20.09.2023   989   1 min.
Malayziyada O'zbekiston haqidagi teleko'rsatuvlar berilmoqda

Shu yil sentyabr' oyidan boshlab Malayziyaning “Astro” telekompaniyasi platformalarida jahonga mashhur teleboshlovchi, oshpaz, restavrator va pazandalik bloger Chef Vanning O'zbekistonning turizm va gastronomik salohiyatiga bag'ishlangan mualliflik dasturlari namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Teleko'rsatuvlar mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi, O'zbekiston Turizm qo'mitasi va “O'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan qo'shma medialoyiha samarasidir.

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlarida turkum teleko'rsatuvlar va pazandachilik mahorat darslarini suratga olish ishlari olib borildi.

Ushbu loyiha O'zbekistonni sayyohlik yo'nalishi sifatida ommalashtirish va o'zbek gastronomik brendlarini xorijda joylashtirish orqali Malayziyadan kelayotgan sayyohlar oqimini ko'paytirishga xizmat qiladi.

Televideniye hikoyalari, shuningdek, 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega butun dunyo bo'ylab mashhur striming platformalarida namoyish etiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rizqni keng, umrni uzun qiluvchi amal

07.05.2025   3914   1 min.
Rizqni keng, umrni uzun qiluvchi amal

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimni rizqi keng, umri uzoq bo‘lish xursand etsa, silai rahm qilsin", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).