Ramazon oyida jannatga 111 eshik (Tanlovga)
9.05.2020
2346
5 min.
- Har bir amalni faqat Alloh taoloning roziligini ko‘zlab bajarish. (ixlosli bo‘lish).
- Alloh taologa tavba qilish.
- Yangi chiqqan oyni ko‘rganda duo qilish.
- Iymon va savob umidida ro‘za tutish.
- Iymon va savob umidida kechalarini bedor o‘tkazish.
- Iymon va savob umidida qadr kechasida bedor bo‘lish.
- Oxirgi o‘n kunida yanada jiddu jahd qilish.
- Umra qilish.
- E’tikofda o‘tirish.
- Ro‘zadorga iftorlik qilib berish.
- Qur’oni karimni tilovat qilish.
- Qur’oni karimni o‘rganish va o‘rgatish.
- Alloh taoloni zikr qilish.
- Istig‘for aytish.
- Tahoratni mukammal ado etish.
- Tahorat olgandan keyin shahodat kalimasini aytish.
- Doimo tahoratli bo‘lib yurish.
- Misvok ishlatish.
- Tahorat olgandan keyin ikki rakat namoz o‘qish.
- Azon eshitandan keyin uning duosini o‘qish.
- Azon va iqomat orasida duo qilish.
- Doimo besh vaqt namozni ado etish.
- Namozlarni o‘z vaqtida ado etish.
- Xususan bomdod va asr namozlarining vaqtiga yanada rioya qilish.
- Juma kuni duolar ijobat bo‘ladigan lahzalarni o‘rganib, shu vaqtlarda duo qilish.
- Juma kuni “Kahf” surasini o‘qish.
- Doimo “Zuho” namozini ado etish.
- Kundalik o‘qilib boriladigan sunnat namozlarini qoldirmaslik.
- Nafl namozlarni uyda ado etish.
- Ko‘p sajda qilish.
- Yosh farzandlarni namoz o‘qishga o‘rgatish.
- Yoshlarni ro‘za tutishga o‘rgatish.
- Har bir farz namozidan keyin Alloh taoloni zikr qilish.
- Ro‘zador og‘iz ochishini kechiktirmasligi.
- Og‘iz ochish amalini shom namozidan avval bajarish.
- Agar topilsa, xurmo bilan og‘iz ochish.
- Doimo iftorlik duosini o‘qishga rioya qilish.
- Iftorlik paytida duo qilish.
- Boshqa paytlarda ham ko‘proq duo qilish.
- Saharlik qilish.
- Ovqat yeb, ichimlik ichib bo‘lgandan keyin Alloh taologa hamd aytish.
- Zakotni ado etish.
- Alloh yo‘lida infoq-ehson qilish.
- Sadaqa berish.
- Birovlarga oshkora qilmay sadaqa berish.
- Masjidlar qurilishiga moddiy yoki ma’naviy ko‘mak berish.
- Salomni keng yoyish va miskinu faqirlarga taom yedirish.
- Yo‘ldan odamlarga aziyat beradigan narsalarni olib tashlash.
- Ota-onaga yaxshilik qilish va ularga itoat etish.
- Ayol kishi eriga itoat etishi.
- Haloldan kasb qilish.
- Doimo ahli-oila nafaqasidan xabardor bo‘lish.
- Yetimlar va miskinu bechoralar nafaqasidan xabardor bo‘lish.
- Yetimni o‘z kafilligiga olib, uning nafaqasiga qarash.
- Yetimning boshidan silab, unga mehr-shafqat ko‘rsatish.
- Do‘stu birodarlarning ehtiyojlarini ravo qilish.
- Alloh yo‘lidagi do‘stlardan hol-ahvol so‘rab turish.
- Kasallarni holidan xabar olish.
- Qarindosh-urug‘lar garchi, aloqalarni uzgan bo‘lsalar-da, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lish.
- Musulmon ko‘nglini ko‘tarib, xursand qiladigan ishlarni amalga oshirish.
- Qiynalib qolgan kishining ishini yengillatish.
- Zaifhol kishilarga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lish.
- O‘zaro nizo chiqqan, bir-biri bilan yuzko‘rmas bo‘lib ketgan insonlarning orasini isloh qilish.
- Go‘zal xulqli bo‘lish.
- Hayoli bo‘lish.
- Rostgo‘y bo‘lish.
- Bosiq, kechirimli, muloyim bo‘lish.
- Ko‘rishganda qo‘l berib salomlashish.
- Ochiq yuzli bo‘lish.
- Savdoda bag‘rikeng bo‘lish.
- Alloh taolo harom qilgan narsalardan ko‘zni tiyish.
- Yaxshilikka chaqirib, yomonlikning oldini olish.
- Solihlar, yaxshi insonlar bilan birga bo‘lish.
- Til va boshqa a’zolarni nomaqbul ishlardan saqlash.
- Payg‘ambar alayhissalom ko‘p salavot aytish.
- Yaxshilik qilish va ezgu ishlarga dalolat qilish.
- Insonlar Alloh taoloni tanishiga sababchi bo‘lish.
- Insonlarning ayblarini berkitish.
- Sabrli bo‘lish.
- Biror bir gunoh ish sodir etganda, ikki rakat namoz o‘qib, tavba qilish.
- Hayvonu jonzotlarga ham shafqatli bo‘lish.
- Insonlardan ta’ma qilmaslik.
- Ko‘p tahlil (ya’ni, “Laa ilaaha illalloh”) va tasbeh (Subhanalloh) aytish.
- Sadaqayi joriya qilish.
- Savdo-sotiqda rostgo‘y bo‘lish.
- Musulmonlar g‘am-tashvishini aritish.
- Musulmon va boshqalarga ziyon bermaslik.
- O‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zish.
- Ota-onaning do‘stlari bilan ham bordi-keldi qilib aloqani uzmaslik.
- Shirin so‘zli bo‘lish.
- Qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarga shafqatli bo‘lish.
- Bir solih amalni oz-oz bo‘lsa-da, bardavomlik ila bajarish.
- Qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshi munosabatda bo‘lish.
- Ota-onaning haqqiga duo qilish.
- Do‘stu birodarining haqqiga g‘oyibona duo qilish.
- Musulmonlarning haqqiga duo qilish va Alloh taolodan ularning gunohlarini kechirishini so‘rash.
- Turmush o‘rtog‘i bilan yaxshi munosabatda bo‘lish.
- O‘z ahli-oilasiga ta’lim-tarbiya berish.
- Biror kishiga jabr qilgan bo‘lsa, undan rozilik olish va zimmasidagi o‘zgalarning moddiy va ma’naviy haqlarini ado etish.
- Yomonlik ketidan uni yuvib yuboradigan yaxshilik qilish.
- Omonatga xiyonat qilmaslik va ahdga vafo qilish.
- Kattani hurmat, kichikni izzat qilish.
- O‘zgalarning g‘am-qayg‘usi va dardiga sherik bo‘lish.
- Tilni yomon so‘zlardan saqlab faqat yaxshi so‘zlarni aytish.
- Musulmonlar obro‘sini saqlash.
- Qalbni baxillik va hasaddan pok tutish.
- Insonlar orasida adolat bilan hukm qilish.
- Boshiga kulfat yog‘ilgan kishiga yordam berish.
- Yaxshilikka chaqirayotgan kishining chaqirig‘iga labbay deyish.
- Yaxshi ish qilgan kishiga minnatdorchilik bildirish va munosib mukofotlash.
- Shavvol oyidan olti kun ro‘za tutish.
G‘iyosiddin HABIBULLOH ,
“Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisi.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING