Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Yanvar, 2025   |   24 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:41
Peshin
12:40
Asr
15:48
Shom
17:32
Xufton
18:49
Bismillah
24 Yanvar, 2025, 24 Rajab, 1446

Alloh taoloning Qur’oni karimdagi 8 va’dasi

6.05.2020   2850   2 min.
Alloh taoloning Qur’oni karimdagi 8 va’dasi

«Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir, 5)

  1. Allohni yod etganni Alloh taolo yod etadi.

«Bas, Meni yod etingiz, (Men ham) sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz! » (Baqara, 152)

 

  1. Alloh ezgu amallar qilganlarni jannat va ostidan anhorlar oqib turuvchi bog‘lari bilan mukofotlaydi.

«Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun (jannatda) ostlaridan anhorlar (suvi) oqib turuvchi bog‘lar bordir» (Baqara, 25)

 

  1. Alloh duo qiluvchining duosini qabul etadi.

Parvardigoringiz: «Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!» – dedi (G‘ofir, 60)

 

  1. Alloh shukr qiluvchiga ne’matlarini yanada ziyoda qiladi.

«Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: «Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman» (Ibrohim, 7).

 

  1. Alloh tavba qiluvchi bandasining gunohlarini kechiradi.

«Ularning ichida Siz bo‘la turib, Alloh ularni azoblovchi emas. Ular istig‘for aytib (kechirim so‘rab) turgan hollarida ham Alloh ularni azoblovchi emas» (Anfol, 33).

 

 

  1. Alloh tavakkul qiluvchi bandasini shayton va uning yomonliklaridan saqlaydi.

«Albatta, imon keltirgan va faqat Parvardigoriga tavakkul qiladiganlar ustidan u (shayton) uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo‘qdir» (Nahl, 99).

 

  1. Alloh ikki dunyoda ham mo‘min-musulmonlarni O‘zi qo‘llaydi.

«Albatta, Biz payg‘ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz» (G‘ofir, 51).

 

  1. Alloh solih amallar qilgan bandalarining gunohlarini mag‘firat etib, ularni O‘zi mukofotlaydi.

«Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, o‘chirurmiz va ularni qilib o‘tgan chiroyli amallari bilan mukofotlagaymiz» (Ankabut, 7)

 

«Shunday qilib, Allohning va’dasi haq ekanini va qiyomatning (kelishi) shaksiz ekanini bilishlari uchun xabardor qildik» (Kahf, 21)

 

                                                                          Davron NURMUHAMMAD

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Taqsit qanday savdo?

22.01.2025   2574   1 min.
Taqsit qanday savdo?

Cavol: Hozirgi kunda “taqsit savdosi” haqida ko‘p eshitib qolyapmiz. U qanday savdo?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. “Taqsit” savdosi deb savdo molini xaridorga darhol topshirib, bahosini bo‘lib to‘lashga kelishgan holda nasiya qilib sotishga aytiladi. Bunda masalan bir kishi mashinani 10 oyga, har oyda 1000 dan, jami 10 000 ga kelishgan holda sotib oladi.
Bu savdoda sotuvchi xaridorga turli takliflarni kiritganda, masalan, “3 oyga narxi 8000 bo‘ladi, 6 oyga 9000 bo‘ladi, 10 oyga 10 000 bo‘ladi” deganda ikki tomon ham muddat va narxni aniq qilib olishlari kerak bo‘ladi.
Agar xaridor va’da qilgan to‘lovlarini to‘lay olmasa, qarzga ustama qo‘shish mumkin emas, garchi uni oldindan shart qilingan bo‘lsa ham.
O‘ziga to‘q (imkoniyati bor) xaridor ado qilishi kerak bo‘lgan qarzni vaqti kelganda to‘lamasligi shar’an nojoizdir. Bu sotuvchiga zulm qilish, ya’ni katta gunoh bo‘ladi.
Taqsit savdosida sotuvchi xaridorning qarzi muqobilida garov talab qilish haqqiga ega. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.