Ibn Xaldun aytadilar: “Agar odamlar balo-ofat vaqtida kulguli gaplarni ko‘p so‘zlashganlarini ko‘rsang, kambag‘allik ularni chulg‘ab, g‘aflat, qullik va xorlikdagi qavm ekanlarini bilgin”.
Bunday sinovlar paytida Allohning azamati va qudratini masxara so‘zlar bilan qarshi olmaslik kerak. Barchamiz bilib olaylik, u (karonavirus) Allohning askarlaridan biridir. Shu bois, Allohdan yanada ko‘proq ofiyat va salomatlik so‘rash lozim.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Bizning baloimiz yetganda ham tazarru qilmadilarmi?! (Albatta tavba-tazarru qilishlari lozim edi), lekin ularning dillari qotib qolgan va shayton ularga o‘zlari qilib yurgan ishlarini chiroyli ko‘rsatib qo‘ygandir” (An’om surasi, 43-oyat), deb aytgan.
Balo-ofatlar yog‘ilganda va vabo yetganda Qur’oni karim ko‘rsatmasi – musulmon kishi tavbasini yangilaydi, istig‘forni ko‘paytiradi, duo orqali tavba-tazarru qiladi. Masxara va xazillardan yiroq bo‘ladi. Chunki bunday holatda hazil-mutoyiba qilish qalbning qattiqlashishi va shaytonning ziynatli ko‘rsatishidandir.
Allohim! Bizga peslikdan, jinnilikdan, maxovdan va yomon dardlardan panoh ber.
Allohim! Bizdan vaboni ketkaz va yomon darddan saqla. Bizlarni vabodan va balolardan saqlagin, albatta Sen barcha narsaga qodir Zotsan!
Manba: www.arabic.uz (Anvar Ahmad)
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati