Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

"SIRDARYOLIKLARGA KO‘MAK” XAYRIYASIDA QATNASHING!

3.05.2020   2479   2 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

El boshiga ish tushganda yordam qo‘lini cho‘zish chin mo‘minlik sifati, xalqimizga xos fazilatdir. Shu yil 1 may kuni “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan voqea sodir bo‘lganidanoq mahalliy aholiga ko‘mak berish tadbirlari boshlanib ketgani mahzun qalblarga katta dalda bo‘lmoqda.

Zero, inson musibat yetgan birodariga hamdard bo‘lish dinimiz talabi, insoniylik vazifadir. Qur’oni karimda: “Albatta, mo‘minlar birodardir”, hadisi sharifda esa: “Mo‘minlar o‘zaro mehr-shafqatlarida huddi bir tana kabidir. Agar undan bir a’zo og‘rib qolsa, tananing boshqa qismi unga bedorlik va isitma bilan hamdard bo‘ladi”, deyilgan.

Bugun Sirdaryo viloyatidagi yurtdoshlarimiz Sizning ko‘magingizga muhtoj. Ularga imkon qadar yelkadosh bo‘lish – millatdosh, dindosh, yurtdosh sifatidagi insoniy vazifamizdir.
Shu maqsadda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan "Sirdaryoliklarga ko‘mak” xayriya tadbiri tashkil etildi.
Sirdaryoliklarning boshiga kelgan bu mashaqqatni o‘z boshimizga tushgandek his qilib, imkon qadar himmat qilaylik! Bejizga “Arg‘amchiga qil quvvat”, deb aytilmagan. Qodir Alloh sirdaryoliklarning ushbu tashvishlarini tezda aritsin, mushkullarini oson qilsin.

Yordamni tashkil etishda vaqtni tejash maqsadida, Sirdaryo viloyati Guliston shahar «Iso o‘g‘li Muso» jome masjidi imom-xatibi, omonotdor inson Jalolov Avazxonga qarashli quyidagi plastik karta raqamlariga mablag‘laringizni o‘tkazishni iltimos qilamiz.

8600 3329 4470 9496, JALOLOV AVAZKHON nomida, Murojaat uchun telefon: +998949190220.

Moddiy ko‘rinishdagi mahsulotlar bilan ko‘mak qilmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizga Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va viloyatlardagi vakilliklarga quyidagi linkdagi telefon raqamlar orqali bog‘lanishni tavsiya etamiz. https://telegra.ph/telefon-05-03

Toshkent shahri aholisi esa Chilonzor tumanidagi "Novza" jome masjidiga o‘z saxovatlarini yetkazishlari mumkin. U yerdan markazlashgan holda Sirdaryo viloyatiga yordamlar jo‘natiladi.

 

Zarar ko‘rgan yurtdoshlarimizga oziq-ovqatlar, gigiyenik vositalar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-boshlar, dori-darmonlar yetkazilgani xabarini e’lon qilamiz, insha Alloh.

Yordamlarni tashkil etishda karantin tartib-qoidalariga to‘la amal qilinadi.

Xayru ehsoningizni Haq taolo qabul etsin!
Ushbu e’lonni ko‘proq tarqatishga hissa qo‘shing!


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (20.12.2024)

22.12.2024   5953   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati