Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Homxayollik – baloning boshi

19.09.2023   680   4 min.
Homxayollik – baloning boshi

Bir to'rg'ay yo'lning bo'yidan o'ziga uya qurib, tuxum bosdi. Fil shu so'qmoqdan suv ichishga borayotganida uyani toptab, tuxumni ezib o'tib ketdi. To'rg'ay bu badbaxtlikni ko'rib darhol uchib borib filning boshiga qo'ndi va dedi:

– Shohim! Sen nima uchun tuxumlarimni pachoqlab, bolalarimni halok etding? O'zingga nisbatan meni zaif, kuchsiz va notavon deb sanaganing uchun shunday qildingmi?

– Ha, faqat shuning uchun, – dedi fil.

To'rg'ay buni eshitgach, uchib qushlar yoniga bordi va boshiga tushgan falokatni aytib berdi.

Qushlar:

– Biz filni nima ham qila olardik? Biz kuchsiz parrandalarmiz, – dedilar.

To'rg'ay ularga dedi:

– Iltimos qilaman, siz men bilan borib filning ko'zini cho'qib ko'r qiling. Uning boshiga men ham qanday sho'rishlar solishni bilaman.

Ular rozi bo'ldilar. To'rg'ay bilan uchib borib, filning ko'zini o'yib-o'yib tashladilar. Shundan keyin fil na suv ichish, na bir ovqat topib eyishning ilojini qila oldi. Turgan joyida nima topsa, shu bilan kifoyalanib kun kechiradigan bo'ldi. To'rg'ay buni ko'rgach, alamiga chidolmay, hovuz yoqasiga kelib qurbaqalarga fil ustidan shikoyat qildi.

Ular:

– Biz kuchli filga qarshi nima ham qila olardik, – dedilar.

To'rg'ay:

– Siz fil turgan joyga yaqin bo'lgan bir chuqurning chetiga borib, o'sha erda baland ovoz bilan vaqir-vuqur qilsangiz, fil sizning ovozingizni eshitib, u erda suv bor ekan, deb yoningizga boradi-da, chuqurga qulab ketadi, –dedi.

Qurbaqalar bunga rozi bo'ldilar. Chuqur chetiga borib vaqirlay boshladilar. Suvsizlikdan qiynalgan fil qurbaqalarning ovozini eshitib, ular tomon yo'l oldi va chuqurga yiqilib halok bo'ldi. To'rg'ay esa uchib borib uning boshiga qo'ndi va qanot qoqib dedi: “Ey o'z kuchiga ishonib, menga haqorat ko'zi bilan boqqan zulmkor! Jussam kichkina bo'lsa-da, aqlim zo'r ekanini isbotladim, sening bo'ying daroz bo'lsa-da, aqling qisqa ekan. Ho'sh, endi nima deysan?!”  

“Kalila va Dimna”dan

Qissadan hissa:

Alloh taoloning irodasi ila o'zlarining qudratiga ishonib, kichik o'lkalarga bostirib kelgan katta qo'shinlar mag'lub bo'lgan;

Davraga raqibini nazariga ilmasdan chiqqan polvonning yiqilganini, ringga kibrlanib chiqqan bokschining mag'lub bo'lganini ko'rmaganmisiz;

Agar kimgadir qiziqib boshlasangiz, u ham sizga qiziqa boshlaydi. Undan yaxshi sifat topsangiz, u ham sizdan yaxshi sifat topadi...

O'yingiz tinch, bolalaringiz omon – baxtlisiz. Shu baxtingizni muhofaza qilishni istasangiz,  boshqalarning baxtiga chang solmang;

Yo'q joydan o'ziga dushman orttirib olgan kishi o'zining va farzandlarining qattol dushmanidir;

Qudratingizga ishonib, o'zingiz zaif sanagan kishiga zarba bermoqchi bo'laversangiz, u noilojlikdan o'zini himoya qila boshlaydi va o'zini himoya qilayotib, sizga zarar etkazib qo'yadi.

Damin JUMAQUL

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

16.07.2025   119   2 min.
Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Osmonlaru yerni yaratgan  Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.

Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.

Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.

Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].

Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?!  Albatta, yo‘q.

Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.

Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang. 

Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning.  O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Hud surasi, 102-oyat.

 

 

Maqolalar