Marokashdagi “McDonald's” restoranlar tarmog'i Marokashda sodir bo'lgan zilzila qurbonlari xotirasiga motam tutib, o'z restoranlari guruhida Qur'oni karimni uch kun davomida efirga uzatishga qaror qildi.
“Heba Press” agentligining Kasablankadagi o'rgangan ma'lumotlariga ko'ra, “McDonald's” restoranlarining bo'sh joylarida musiqalar to'xtatilib, uning o'rniga Qur'oni karim tilovati qo'yilgan.
“McDonald's” restoranining bir qator mijozlari zilzila qurbonlari bilan birdamliklari va xayriya kampaniyalarida bir necha marta ishtirok etgani uchun Amerikadagi “McDonald's” restoranlari uyushmasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Tarixchilar Usmonli sultonlarining haj ziyoratiga bormaganiga ikki sababni ko‘rsatadilar:
1. Xavfsizlik muammolari:
Sultonlar haj safariga borishda xavfsizlik muammolariga duch kelgan bo‘lishlari mumkin. Ular uchun hajga borish oddiy odamlarnikidan farqli ravishda murakkab bo‘lgan, chunki sultonning yo‘lda hujumga uchrash xavfi katta edi. Bu holat katta qo‘shin bilan safar qilishni talab qilardi. Haj niyatida yo‘lga chiqib qon to‘kishga sabab bo‘lmasligini afzal bilganlar.
2. Davlat boshqaruvidagi mas’uliyat:
Sultonlar mamlakatni muddatsiz tark etish xavfli deb hisoblashgan. Haj safarlari bir necha oy davom etgani sababli, davlatni hukmdorsiz qoldirish anarxiya va siyosiy beqarorlikka olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun sultonlar haj o‘rniga davlat boshqaruvi va xarbiy yurishlarga ustunlik berganlar.
Vaqt o‘tishi bilan Usmonlilar sulolasiga bu an’anaga aylandi. Sultonlar “hajji badal” qilishni tayinlagan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Usmoniy sultonlari Makka va Madinaga doim e’tibor qaratgan. Ular har yili xayriya karvonlarini jo‘natib, muqaddas shaharlarning aholisiga moliyaviy yordam ko‘rsatganlar va Haramayn masjidlarini ta’mirlab, kengaytirib turganlar.
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.