Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Ehson va sadaqa qilishning 10 ta fazilati (1 maqola)

26.04.2020   4932   3 min.
Ehson va sadaqa qilishning 10 ta fazilati  (1 maqola)

1-maqola

Albatta, musulmon kishi har bir amalidan avval niyatini to‘g‘rilab olishi matlub ishdir. Alloh taolo bandalarini jannatiga kirishlari uchun yaxshi amallarni bajarishga va do‘zoxdon qutilib qolishlari uchun ham yaxshi amallarni qilishga qiziqtiradi. Anashunday xayrli ishlardan birini eslab, unga amal qilishga xossatan aynan bugungi sinovli kunlarda oramizda muhtoj bo‘lgan kishilarga nisbatan qilishimiz kerak bo‘lgan xayru-ehson va sadaqaning fazilati hamda foydasi borasida harakat qilamiz.

قُل لِّعِبَادِيَ الَّذِينَ آمَنُواْ يُقِيمُواْ الصَّلاَةَ وَيُنفِقُواْ مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرّاً وَعَلانِيَةً

مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ يَوْمٌ لاَّ بَيْعٌ فِيهِ وَلاَ خِلاَلٌ

Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni to‘la-to‘kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, og‘aynigarchilik yo‘q bo‘lgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar. Ibrohim surasi 31-oyat.

1. Sadaqa Alloh taoloning g‘azabini o‘chiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Maxfiy sadaqa Alloh tabaroka vataoloning g‘azabini o‘chiradi” dedilar.

2. Sadaqa xatoni o‘chiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Olovni suv o‘chirgandek, sadaqa xatoni o‘chiradi” dedilar.

3. Sadaqa kishini do‘zoxga tushishdan asrab qoladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Do‘zoxdan agarchi yarimta xurmo berib bo‘lsa ham o‘zingizni ehtiyot qilinglar”, deganlar.

4. Sadaqa qiluvchi odam qiyomat kunida sadaqasining soyasida bo‘ladi. Uqba bin Omir r.a men Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: “Har bir kishi insonlar o‘rtasida hukm chiqguncha qilgan sadaqasining soyasida turadi”, dedilar.

5. Sadaqa inson badanidagi kasalliklarga davo bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kasalliklaringizni sadaqa berish bilan davolanglar”, deganlar.

Ibn Shaqiq dedilar: Bir kishi ibn Muborakning oldiga kelib, tizzasida bir yara borligini, yetti yildirki muolaja qilsada va tabiblardan so‘rasada foyda bermayotganini aytdi. Shunda ibn Muborak (imom Buxoriyning ustozlaridan) unga sen suv ehtiyoji bo‘lgan bir joyni topginda, u yerdan bir quduq kovla. Umid qilamanki, u yerdan bir buloq chiqadida va sening yarangdagi qon to‘xtasa dedilar. Haligi odam shu ishni qilgan ekanki, shundan so‘ng shifo topibdi.

6. Sadaqa shuningdek qalb kasalligiga ham davo bo‘ladi. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qalbini shafqatsiz, qattiqqo‘lligidan shikoyat qildi. Shunda u zot: “Agar qalbingni muloyim bo‘lishini istasang, miskinni taomlantir va yetimning boshini sila”, dedilar.

7. Sadaqa shuningdek bir qancha baloni daf qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqa baloni daf qiladi va umrni uzaytiradi”, deganlar.

8. Sadaqa qilish bilan kishi haqiqiy yaxshilikka erishadi. Zotan Alloh taolo Qur’oni karimda: “O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz”, degan. Oli-Imron 92-oyat

9. Sadaqa sohibini har kuni bir farishta uning bergan narsasini to‘ldirishini so‘rab duo qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Har kuni banda tong ottirar ekan, ikki farishta tushib, ularning biri shunday deydi: “Ey Allohim infoq qilgan kishini infoqining o‘rnini bergin”, deganlar.

10. Sadaqa qiluvchining moliga baraka kiritadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqa moldan hech bir narsani kamaytirmaydi”, dedilar.

 

“Shayx Zayniddin” jome’ masjdi imom-xatib

Yahyo Ubaydulloh o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   10748   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari