Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2025   |   27 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:52
Shom
17:36
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2025, 27 Rajab, 1446

Qur’on ilmlari: QUR’ONI KARIMNING HAZRATI USMON DAVRLARIDA JAMLANISHI

24.04.2020   5426   24 min.
Qur’on ilmlari: QUR’ONI KARIMNING HAZRATI USMON DAVRLARIDA JAMLANISHI
Hazrati Usmon roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida Qur’oni Karim muhofazasi uchun yana bir ish qilish zarurati tug‘ilib qoldi. O‘sha vaqtga kelib, ko‘p diyorlar fath qilinib, turli arab bo‘lmagan xalqlar musulmon bulgach, kishilarga Qur’oni Karimdan ta’lim berish uchun ustozlar yetishmay qoldi va qator boshqa sabablar yuzaga kelib, Qur’oni Karimni qiroat qilishda ixtilof boshlandi. Qur’oni Karim muhofazasiga bog‘lik bu ulkan xatarni birinchi bo‘lib Ozarbayjoini fath qilishda yurgan sahobiy Xuzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu anglab yetdilar. U kishi jangni tashlab, piyoda Madinai Munavvaraga qaytib bordilar va xalifa Usmon roziyallohu anhuning oldilariga kirib: «Ummatni yahudiy va nasorolarga o‘xshab, Allohning kitobi to‘g‘risida ixtilof qilmasidan oldin saqlab qol», dedilar. Yana baxs va tortishuvlar bo‘lib o‘tdi. Nima bo‘l¬gan bo‘lsa ham, Qur’oni Karimning muhofazasi uchun bo‘ldi. Oxiri Abu Bakr roziyallohu anhu davrlarida yozilgan mus'hafdan nusxalar ko‘chirish va ularni bittadan qori bilan turli markazlarga yuborishga qaror qilindi. Anas roziyallohu anudan rivoyat qilinadi: «Xuzayfa ibn Yamon Usmonning oldiga keldi. U Shom ahli hamda Iroq ahli bilan Armaniston va Ozarbayjonni fath qilishda g‘azot qilayotgan edi. Ularning qiroatdagi ixtiloflari Xuzayfani daxshatga solgan edi. Huzayfa Usmonga: «Ey mo‘minlarning amiri, bu ummatni Kitob atrofida yahudiy va nasorolarning ixtilofiga o‘xshash ixtilofga tushmasidan oldin saqlab qol!» dedi. Usmon Hafsaga odam yuborib: «Bizga sahifalarni berib yubor. Ulardan mus'haflarga nusxa ko‘chiramiz. So‘ngra senga qaytarib beramiz», dedi. Hafsa ularni Usmonga yubordi. U Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Sa’id ibn Oss va Abdurrahmon ibn Horis ibn Hishomga buyurdi, ular undan mus'haflarga nus'ha ko‘chirdilar. Usmon uch kishilik qurayshliklar to‘piga: «Agar sizlar Zayd bilan Qur’ondagi biror narsada ixtilof qilib qolsangiz, Quraysh tili bilan yozinglar. Albatta, u ularning tilida nozil bo‘lgandir», dedi. Ular (shunday) qildilar. Nihoyat, sahifalarni mus'haflarga ko‘chirib bo‘lishgach, Usmon sahifalarni Hafsaga qaytarib berdi. Keyin har bir yurtga ular ko‘chirgan bir mus'hafni yubordi. Undan boshqa Qur’ondan sahifalar va mus'haflarga yozilgan barcha narsani kuydirishga amr qildi». Zayd ibn Sobit: «Mus'hafga ko‘chirayotganimizda Ahzobdan bir oyatni topa olmadim. U(oyat)ni Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam o‘qiyotganlarini eshitib yurardim. Uni qidirib, Xuzayma ibn Sobit Ansoriyda topdik: «Mo‘minlardan Allohga bergan va’dalariga sodiq qolgan kishilar bordir». Uni mus'hafdagi surasiga qo‘shib qo‘ydik». Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziy quyidagini qo‘shimcha qilgan: «Ular «taabuut» (التَّابُوت) va «taabuh» (التَّابُوه)da ixtilof kilishdi. Qurayshliklar «Birinchisi kabi yozamiz», dedilar. Zayd «Ikkinchisi kabi yozamiz», dedi. Ixtiloflarini Usmonga aytishdi. Bas, u: «Taabuut» (التَّابُوت) deb yozinglar. Chunki u Quraysh tilida nozil bo‘lgandir», dedi». Ushbu rivoyatdan juda ko‘p xulosalar kelib chiqadi. 1. Qur’oni Karim qiroati to‘g‘risida musulmonlar orasida paydo bo‘lgan ixtiloflarni yo‘q qilish va keyinchalik ham hech qanday ixtilof chiqmasligi uchun chora ko‘rish fikri Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan chiqqan. Boshqa rivoyatlarda aytilishicha, bu mulohaza u kishidan boshqalarda, jumladan, hazrati Usmon roziyallohu anhuning o‘zlarida ham bo‘lgan. Ammo ishning amalga ko‘chishiga aynan Xuzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu sabab bo‘lganlar. Musulmonlarning Qur’oni Karim qiroatidagi ixtilofidan tashvish chekayotgan faqatgina Xuzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu emas edi. Balki ixtilof ko‘payib, ulug‘ sahobalarning ham qalblari iztirobga tushgan edi. Xususan, odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan uzoqlashganlari sari, ushbu holat yaqqol ko‘rina boshladi. Bu xabar Usmon roziyallohu anhuga yetganida, u zot ham tashvishga tushdilar. Holat yomon tus olishidan oldin bir yo‘l topish kerakligini o‘yladilar. Ibn Jarir Tabariy o‘zining tafsirida quyidagi xabarni keltiradi: «Ayyub Abu Kulobadan rivoyat qilib, shunday deydi: «Usmon xalifaligida bir muallim bir kishiga qiroatni o‘rgatsa, boshqa muallim boshqa kishiga qiroatni o‘rgatar, talabalar ko‘rishganlarida ixtilof qilib, masalani o‘z ustozlariga ko‘tarib chiqishardi. Hatto ba’zilari ba’zi qiroatlarni kufrga chiqarishdi. Ushbu holat Usmonga yetdi. Shunda u xutba qilib: «Sizlar mening oldimda turib, bu xususda ixtilof va lahn (xato) qilasizlar. Mendan uzoq bo‘lgan shahar ahllari ixtilof va lahnda bundan-da qattiqroq bo‘lsa kerak. Ey Muhammadning sahobalari, insonlar uchun yo‘lboshchi (mus'haf) jamlanglar!» dedi». Ixtilofning kuchayishiga boshqa mashhur mus'haflarning borligi ham turtki bo‘ldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin Usmon roziyallohu anhu insonlarni bir mus'hafga jamlagunga qadar ancha muddat o‘tdi. Shu mudsatda Hafsa roziyallohu anhoning mus'haflari atrofida boshqa mus'haflar ham tanilib qoldi. Ushbu sahifalarning mashhurlari ikkita bo‘lib, ular Ibn Ka’b mus'hafi va Abdulloh ibn Mas’ud mus'hafi edi. Yana tanilmagan, mashhur bo‘lmagan boshqa mus'haflar ham topilar edi. Bu haqda Ibn Nadim «Al-Fihrisat»da, Ibn Abu Dovud «Al-Masohif»da va Ibn Ashta «Al-Masohif»da zikr qilgan. Biz ularni sanashga berilmoqchi emasmiz. Chunki ularning qaysi zamonda bo‘lganligini ta’kidlovchi sahih sanadlarga ega emasmiz. Lekin o‘sha mus'haflarning birortasi bizgacha yetib kelmagani aniq. Ulardagi suralarning tartibi to‘g‘risida va ba’zi qiroatlarning ko‘rinishi xususida matnlar yetib kelgan, xolos. Ushbu matnlarni ham diqqat bilan tekshirib, o‘rganib chiqishga ehtiyoj bor. 2. Qur’oni Karim qiroatida musulmonlar ixtilofini yo‘q qilish bo‘yicha amaliy chora ko‘rishni hazrati Usmon roziyallohu anhu amalga oshirganlar. Ha, bu ulug‘ ishni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy va yagona maqsad Qur’oni Karim qiroatida musulmonlar orasidagi ixtilofni yo‘q qilish bo‘lgan. Boshqa hech qanday maqsad bo‘lmagan. Ammo dushmanlar har qanday yaxshi niyatni ham buzib ko‘rsatishlari hech gap emas. Ular bu borada hech kimning xayoliga kelishi mumkin bo‘lmagan gaplarni ham izlab topishga ustasi faranglar. Usmon roziyallohu anhuning Qur’onni jamlashdagi niyatlariga Blasher va boshqa sharqshunoslarning shaklari bor. Ular mazkur ulug‘ ishni ro‘yobga chiqarish uchun bu xalifaning aristokratligi asosiy turtki bo‘lganini «ilmiy» asosda ta’kidlaydilar! Ularning fikricha, Allohning Kitobi Makkadagi boshqa qabilalardan ustun bo‘lgan aristokrat guruhning nomi bilan jam qilindi. Ushbu ishga vazifador qilingan guruhdagi madinalik ansorlardan bo‘lgan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuni aytmasak, qolgan uch kishi Quraysh qabilasidan bo‘lgan makkaliklar edi. Blasher mana shu holatni tahlil qilar ekan, ushbu uchlikni o‘zining puch xayoli bilan yuqorida Usmon roziyallohu anhuni nomlaganidek, «aristokratlar jamoasi» deb nomlaydi. Ular bu gapni aytishda faqatgina xayollariga va yolg‘onchi gumonlariga suyanadilar. Yoki ularning da’volarini isbot qiladigan birorta sahih tarixiy rivoyat bormi?! Oqil kishi bu kabi alg‘ov-dalg‘ov fikrlarni Buxoriy kabi tarixni yaxshi bilgan, ishonch, zabt va omonatli zotlarning rivoyatlaridan ustun ko‘rib qabul qilarmidi?! Albatta, yo‘q! Ammo Blasher va uning «ilmiy jabha»dagi safdoshlari ishonchli rivoyatni «afsona» deb, o‘zlarining xom xayollarini «ilmiy haqiqat» deb baholaydilar. Qur’oni Karimga bo‘lgan ahamiyat boshqa biror kitobga bo‘lmagan. Adolatli, ishonchli, umrida yolg‘on gapirmagan voqea shohidlarining xabarlariga Blasherga o‘xshash kimsalarning o‘zlari to‘qib olgan fikrlarini tenglashtirib bo‘larmidi?! Ular o‘zlaridan chiqqan xulosalarni ham ilm deb yozaverishadi. Ular «Usmon zodagon, boy bo‘lgan, buning ustiga, xalifa edi. Shunday ekan, tarixda qolish uchun qo‘lidagi imkoniyatlardan foydalanib, Qur’onni o‘zining qabilasi tilida yozdirdi. Boshqalarning kitoblarini yo‘q qildirdi» degan xulosani bermoqchi bo‘lishadi. To‘g‘ri, balki, Usmon roziyallohu anhudagi imkoniyat ularda bo‘lganida, ana shunday o‘z manfaatlarini oldinga qo‘yishardi. Shuning uchun ham mana shunday xulosa chiqarayotgandirlar. Lekin musulmon ummatining sanad asosiga suyangan ilmiy qarashi bu kabi xayolparastlarning puch fikrlarini yo‘qqa chiqaradi. Ulkan burch va mas’uliyatni o‘z bo‘yinlariga olgan iymonli, e’tiqodli sahobalar agar o‘sha payt musulmonlari yozilgan va yod olinganiga o‘zlari kabi ikkita guvohni keltirishmasa, uni ilm deb qabul qilmadilar. Bugungi kundagi ilm mezonlarini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlaysan, kishi. Angliyalik bir kishi bilan Darvin ta’limoti xususida olib borilgan munozarada unga: «Darvin insonning maymundan paydo bo‘lganini ko‘rganmi?» deb savol berdim. «Io‘q», dedi u. «Unday bo‘lsa, ko‘rganlardan eshitganmi?» dedim. «Yo‘q», dedi. «Nima uchun uning o‘z xayolida to‘qib chiqargan nazariyasiga ishonasiz? U ham oddiy bir inson-ku?» dedim. U bo‘lsa «Darvin olim bo‘lgan», deyishdan nariga o‘ta olmadi! Ularning ilmiy qarashlari «menimcha», «balki», «demak» kabi shaxsiy xulosalardan iborat. Eng achinarlisi, ular ushbu shaxsiy xulosalarini biz yuqorida ko‘rib o‘tgan sof ma’nodagi ilmiy tadqiqotdan ustun qo‘yishadi. 3. Qur’oni Karim qiroatida musulmonlar orasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ixtiloflarni yo‘q qilish uchun hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning davrlarida jamlangan sahifalardan bir necha nusxa ko‘chirishga qaror qilingan. Mazkur guruh mus'haflar ko‘chirishda o‘zlariga Hafsa roziyallohu anhoning musxafini asos qilib olish ila bu ishda Abu Bakrning ishini poydevor qilib olganlar. Ularning ishi faqat nusxa ko‘chirish bo‘lgan. 4. Abu Bakr roziyallohu anhuning davrlarida jamlangan sahifalardan bir necha nusxa ko‘chirish uchun Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Sa’id ibn Oss va Abdurrahmon ibn Horis ibn Hishomdan iborat ilmiy guruh tuzilgan. Albatta, bu guruhga eng yetuk kishilar tanlab olingan. Rivoyatlarda keltirilishicha: «Hazrati Usmon roziyallohu anhu: «Odamlarning eng yaxshi yozadigani kim?» dedilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kotibi Zayd ibn Sobit», deyishdi. «Odamlarning arabchani eng yaxshi biladigani va eng fasohatlisi kim?» dedilar. «Sa’id ibn Oss», deyishdi. «Sa’id imlo qilsin. Zayd yozsin», dedilar». Keyinchalik bu guruhga imom Molikning bobolari Molik ibn Abu Omir, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu, Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu, Kasir ibn Aflah roziyallohu anhu ham qo‘shilganlar. 4. Xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu boshqa rejalar qatorida agar mabodo jamlash guruhi ixtilof qilib qolsa, nima qilish kerakligini ham bayon qilib berganlar. «Usmon uch kishilik qurayshliklar to‘piga: «Agar sizlar Zayd bilan Qur’ondagi biror narsada ixtilof qilib qolsangiz, Quraysh tili bilan yozinglar. Albatta, u ularning tilida nozil bo‘lgandir», dedi». Bu gapda ko‘zda tutilgan ixtilof oyati karimalarni yozishda ishlatiladigan ba’zi harflarni qaysi imlo bilan yozish borasidagi ixtilof edi. Bu fikrni rivoyatning oxirida kelgan «Ular «taabuut» (التَّابُوت) va «taabuh» (التَّابُوه)da ixtilof kilishdi. Qurayshliklar «Birinchisi kabi yozamiz», dedilar. Zayd «Ikkinchisi kabi yozamiz», dedi. Ixtiloflarini Usmonga aytishdi. Bas, u: «Taabuut» (التَّابُوت) deb yozinglar. Chunki u Quraysh tilida nozil bo‘lgandir», dedi», degan gaplar qo‘llaydi. Ixtilof qilinganda Quraysh lisonida yozish so‘zlar xususida emas, harflarni yozishdagi imlo nuqtayi nazaridan ekanini ham shu yerdan bilib olamiz. Qarang, ushbu tortishuv arabcha «to» harfini qaysi uslub ila yozish borasida bo‘lgan ekan. Bu esa Qur’oni Karimning har bir harfiga qanchalar e’tibor berilganini yaqqol ko‘rsatadi. Ushbu to‘rttalik guruh Usmon roziyallohu anhuning qarorini hijriy 25-sanada ijro qilishga kirishdi. Ular Hafsa onamiz roziyallohu anhoning huzurlaridagi Abu Bakr roziyallohu anhuning sahifalaridan nusxalar ko‘chi-rishni hazrati Usmon bayon qilib bergan dastur asosida o‘ta aniqlik bilan amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar va bir necha nusxa mus'haflar tayyorladilar. O‘sha paytda ilmiy guruh tomonidan ko‘chirilgan nusxalar soni haqida keyinchalik bu ishning tarixini o‘rganuvchilar ixtilof qilishgan. Qiroat ilmining bobokalonlaridan bo‘lgan mashhur olim Abu Amr Usmon ibn Sa’id Doniy o‘zining «Al-Muqni’ fi rosmil-Qur’an» nomli kitobida mazkur nus-xalar to‘rtta bo‘lganligi haqida ma’lumot keltiradi. Keyin «Nusxalar yettita bo‘lgan», deganlar ham borligini aytib, avvalgi gap to‘g‘ri ekanini ta’kidlaydi. Imom Jaloluddin Suyutiy rahmatullohi alayhi bo‘lsa o‘zining «Al-Itqon fi ulumil-Qur’an» nomli asarida, mazkur nusxalar beshta bo‘lgan, degan ran mashhurligini aytadi. Ammo bu haqdagi barcha ma’lumotlarni jamlab o‘rganadigan bo‘lsak, hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu tomonidan tuzilgan guruh ko‘chirgan nusxalar soni oltita ekani ma’lum bo‘ladi. Usmon roziyallohu anhu o‘sha olti mus'hafni kimlar bilan qayerlarga yuborganlari haqidagi ma’lumotlar ushbu gapni tasdiqlashimizga kuchli hujjat bo‘ladi. Bu haqda esa bir ozdan so‘ng suhbatlashamiz. 5. Hafsa onamiz roziyallohu anhoning huzurlaridagi Abu Bakr roziyallohu anhuning sahifalaridan nusxalar ko‘chirib olinganidan keyin yana bir qancha ishlar amalga oshirildi. «Nihoyat, sahifalarni mus'haflarga ko‘chirib bo‘lishgach, Usmon sahifalarni Hafsaga qaytarib berdi». Hazrati Usmon roziyallohu anhu mazkur sahifalarni Hafsa onamizga qaytarib berdilar. Keyinchalik Madinaga voliy bo‘lgan Marvon ibn Hakam bir necha bor u sahifalarni Hafsa onamizdan olib, kuydirib yubormoqchi bo‘ldi. Ammo onamiz ularni bermadilar. Hafsa onamiz roziyallohu aiho vafot etganlaridan keyin Marvon ibn Hakam ularni olib, yoqib yuborgan va: «Bularda bor narsa yozilib, saqlangan. Zamon o‘tib, ba’zi birlar bundan fitna chiqarmasin dedim», degan. 6. «Keyin dar bir yurtga ular ko‘chirgan bir mus'hafni yubordi». – Hazrati Usmon roziyallohu anhu Makkaga bitta mus'haf bilan birga Abdulloh ibn Soib roziyallohu anhuni yubordilar. – Shomga bitta mus'haf bilan birga Mug‘ira ibn Shihob roziyallohu anhuni yubordilar. – Kufaga bitta mus'haf bilan birga Abu Abdurrahmon Sulamiy roziyallohu anhuni yubordilar. – Basraga bitta mus'haf bilan birga Omir ibn Abdul-Qays roziyallohu anhuni yubordilar. – Madinada qolgan mus'hafdan odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobyt roziyallohu anhuga topshirdilar. – Hazrati Usmon roziyallohu anhu bitta mus'hafni o‘zlariga oldilar. O‘sha mus'haflar «Imom mus'hafi» deb nomlangan. Har bir diyorning mus'hafi o‘sha diyordagi barcha mus'haflarning yozuviga asos, har bir mus'hafga biriktirilgan qorining qiroati o‘sha diyordagi qorilarning qiroatiga asos bo‘ldi. 7. «Undan boshqa Qur’ondan sahifalar va mus'haflarga yozilgan barcha narsani kuydirishga amr qildi». Chunki ko‘pchilik o‘z ijtihodi bilan o‘zi uchun mus'haflar yozib olgan edi. Abdulloh ibn Zubayr, mo‘minlarning onalari Oisha, Hafsa va Ummu Salama roziyallohu anhum shular jumlasidandir. Shuningdek, ba’zi suralarni yoki oyatlarni yozib olganlar ham bor edi. Sahobalar o‘z mus'haflariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan izoh va tafsirlarini yozib qo‘yishardi. Misol uchun, Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Baqara surasidagi: لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَبۡتَغُواْ فَضۡلٗا مِّن رَّبِّكُمۡۚ «Robbingizdan fazl istashingizda yeizga gunod yo‘q» degan oyatidan keyin unga qo‘shimcha qilib لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ جُنَاحٌ أَن تَبۡتَغُواْ فَضۡلٗا مِّن رَّبِّكُمۡۚ فِي مَوَاسِمِ الْحَجِّ deb qiroat qilar edilar. Natijada «Haj mavsumlarida Robbingizdan fazl istashingizda sizga gunoh yo‘q» degan ma’no hosil bo‘lar edi. Ushbu oxirgi jumla u kishining mus'haflariga yozib qo‘yilgan edi. Shubhasiz, bu oxirgi qo‘shimcha tafsir va izoh uchun bo‘lgan. Chunki ummat ijmo’ qilgan mus'haflarning yozuvida ushbu so‘zlar yo‘q. Ibn Jazariy bularni ravshanlashtirib, shunday deydi: «Ba’zida qiroatlarga izoh va bayon qilish jihatidan tafsirlar kiritar edilar. Zero, ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan og‘izma-og‘iz olishgan Qur’onni aniq bilishar, qiroat qilingan tafsir va izoh kabilarni Qur’onga aralashtirib yuborishdan omonda edilar. Gohida ba’zilari uni yozib ham qo‘yishardi». Jumladan, Oisha roziyallohu anhoning mus'haflarida ham shunga o‘xshash yozuvlar bo‘lgan. Ularni kuydirib yuborish ila yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan ixtiloflarning ham oldi olindi. Usmon roziyallohu anhuning o‘sha boshqa mus'haflarni kuydirib yuborish qarori, shubhasiz, hikmatli bo‘lgan edi. Chunki ularning saqlanib qolishi musulmonlarning orasi bo‘linishiga sabablardan biri bo‘lib qolardi. Usmon roziyallohu anhuning qilgan ishlari odamlar qalbida maqbul va go‘zal ish sifatida o‘rin egalladi. Lekin Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bunga e’tiroz bildirib, o‘zining xos mus'hafini kuydirishdan bosh tortdi. So‘ngra Alloh taolo u kishini Usmon roziyallohu anhuning fikriga qaytishga ilhomlantirdi. Natijada butun ummat shu fikrda jam bo‘lib, bu bilan so‘zlari bir yerdan chiqadigan bo‘ldi va nizoning sabablari bartaraf qilindi. Ana o‘sha asl mus'hafdan olti nusxa ko‘chirib olishni ba’zilar «Qur’onni ikkinchi bor tahrir qilish» deb ataydilar. Noinsoflik ham shunchalar bo‘ladimi?! Axir bir kitobdan nusxa ko‘chirish bilan uni tahrir qilish orasida yer bilan osmonchalik farq bor-ku! Sahobai kiromlar musulmonlar Qur’oni Karim qiroatida ixtilof qilmasinlar deb, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida yozib qo‘yilgan mus'hafdan biror harfni o‘zgartirmay, nusxa ko‘chirganlar, xolos. Aslida yod olganlariga suyanib yozsalar ham bo‘laverardi. Ammo ular hamma narsa hujjat-dalilli, xuddi Alloh iroda qilganidek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ko‘rsatganlaridek bo‘lishini xohladilar. Yangi olingan nusxalarning har biri bittadan qori bilan turli markazlarga yuborilar ekan, xalifa Usmon roziyallohu anhu faqat ushbu mus'haflarga va ular bilan yuborilgan qorilarning qiroatiga e’timod qilish, Qur’oni Karimdan boshqa nimaiki yozilgan bo‘lsa, kuydirib yuborish haqida amr qildilar. Bu amr o‘zining muqaddas Kitobini muhofaza qilish yo‘lida har qanday ishga tayyor turgan musulmon ummati tomonidan mamnuniyat ila amalga oshirildi. Ba’zi katta sahobalar o‘zlarining shaxsiy mus'haflari haqida bir oz mulohazaga borgan bo‘lsalar ham, keyinchalik biror harfi ko‘pchilik qabul qilgan nusxaga o‘xshamay qolsa, ixtilof chiqmasin deb, kuydirib yubordilar. Shu tarzda musulmon ummati tomonidan Qur’oni Karim muhofazasi yo‘lida yana bir ulkan ish amalga oshirildi. Keyinchalik nusxa ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi jarayonida faqatgina hazrati Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo‘ldi. Oxiri kelib, har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida «Bu nusxa Mus'hafi Usmonga muvofiqdir», deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shunday qilib, Qur’oni Karim harflariny yozish uslubining ham bir xilligi saqlanib qoldi. Bu ma’nodagi ehtiyotkorlik shu darajaga yetdiki, Qur’oni Karimning harflariga biror nuqtachalik ham o‘zgarish kirmasin, degan qasd ila ulamolarimiz «Mus'haf ichiga gul, daraxt bargi va shunga o‘xshash boshqa narsalarni mutlaqo qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda o‘sha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo bo‘lishi mumkin», deb fatvo chiqardilar. Mus'haflarning soni qancha bo‘lganidan qat’i nazar, ularning barchasi Qur’onning hammasini o‘z ichiga olgan, 114 ta sura nuqtalardan, zer-zabarlardan, suralarning ismlari va ajratish joylaridan xoli edi. Bunda Abu Bakr roziyallohu anhuga ergashilgan bo‘lib, Abu Bakrning mus'hafi ham ushbu sanab chiqqan narsalarimizdan xoli holda edi. Buning ustiga, usmoniy mus'haf Qur’onga tegishli bo‘lgan sharhlar va tafsirlardan ham xoli edy. Qur’onni hazrati Usmon roziyallohu anhuning davrlari-da jamlashda u nozil qilingan «Yetti harf»ni ko‘tara olishi mulohazasi qilingani barcha tomonidan ta’kidlanadi. Yana alohida ta’kidlash lozimki, hazrati Usmon mus'haflari Qur’onligi mutavotir bo‘lmagan barcha qo‘shimchalardan xoli edi. Qo‘shimchalar hazrati Usmon mus'haflaridan boshqa mus'haflarda tafsir, mujmalning tafsiloti qabilida yozilardi. Usmoniy mus'hafdan barcha ohod rivoyatlar o‘chirilgan. Suralar va oyatlar bugungi kunimizdagi mus'haflarda ko‘rayotganimizdek qilib tartiblangan edi. Usmoniy mus'haflar, avval ham aytib o‘tilganidek, nuqtalar, harakatlarsiz bo‘lib, ulardagi ba’zi qur’oniy lafzlar bir necha ko‘rinishda qiroat qilsa bo‘ladigan tarzda yozilgan edi. Misol uchun, Hujurot surasining 6-oyatidagi «إِن جَآءَكُمۡ فَاسِقُۢ بِنَبَإٖ فَتَبَيَّنُوٓاْ» jumlasida kelgan «فَتَبَيَّنُوٓاْ» – «fatabayyanu» so‘zi nuqtasiz yozilsa, uni «فَتَثَبَّتُوٓاْ» – «fatasabbatu» deb o‘qish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, «nunshizuha» so‘zi nuqtasiz yozilsa, uni «nunshiruha» deb o‘qish ham mumkin. Usmoniy mus'hafning yozilishi ushbu ikki oyatni ikki ko‘rinishda o‘qish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, mazkur ikki ko‘rinishdagi qiroatning sahihligi qat’iy dalil bilan vorid bo‘lgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu ikki xil qiroatni qilganlar yoki u zotning huzurlarida sahobalardan birlari mazkur ikki qiroatni qilganida iqror bo‘lib, uni tasdiqlaganlar. Bunga o‘xshash dalillar mutavotir qiroatlarda vorid bo‘lgan. Usmoniy mus'hafning yozilishi esa ularni turli suratda o‘qish imkoniyatini bergan. Garchi mutavotir darajaga yetmagan, ohod dalil bilan sobit bo‘lgan qiroatlar «shozz» deb e’tibor qilinib, rasmi Qur’onga muvofiq bo‘lsa ham, ishonchli xabarlarga muxolif bo‘lganligi uchun olinmagan. Bu ma’lumotlarni bayon qilganimizdan so‘ng ma’lum bo‘ladiki, qiroatlari mutavotir bo‘lgan bir qancha qur’oniy kalimalar turli talaffuz qilinsa-da, bir xil ko‘rinishda yozilgan. Kalimalarni mutavotir bo‘lgan qiroatlarning barcha ko‘rinishlarini ko‘tara oladigan holda yozish kerak bo‘lgan. Mabodo buning imkoni bo‘lmasa, nusxa ko‘chiruvchilar ba’zi mus'haflarga bir ko‘rinishni, boshqa mus'haflarga esa ikkinchi ko‘rinishni yozishlari kerak bo‘lgan. Misol uchun, Alloh taoloning «va vasso» lafzi boshqa sahih mutavotir ko‘rinishda «va avso» deb ham kelgan. Shuning uchun usmoniy mus'haflarning ba’zisida «va vasso» yozilgan bo‘lsa, boshqalarida «va avso» deb yozilgan. Ammo bunday holatlar juda oz uchraydi. Mus'hafga oid kitoblarda bu kabi oyatlarning adadi sanoqli holda zikr qilinadi. U smon roziyallohu anhu insonlarning Qur’oni Karimni og‘izma-og‘iz yodlashlarini va yod olingan Qur’onga e’timod qilishlarini, ya’ni suyanishlarini, yozilgan nusxalarga suyanib qolmasliklarini xohlar edilar. Shuning uchun ham avval aytib o‘tilganidek, har bir iqlimga alohida mus'haflarni jo‘natar ekan, o‘sha mus'hafning qiroatiga muvofiq qorini ham qo‘shib jo‘natdi. Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu Madina mus'hafining ustozi, Abdulloh ibn Soib Makkaning, Mug‘ira ibn Shihob Shomning, Abu Abdurrahmon Sulamiy Kufaning va Omir ibn Abdul-Qays esa Basraning Qur’ondan ta’lim beruvchilari edi. Usmon roziyallohu anhu ulug‘ sahobalarning maslahati va yordami bilan yakka shaxslar qo‘lidagi mus'haflarni yondirishga kirishgan. Ushbu haqiqatni tasdiqlab, Suvayd ibn G‘afla aytadi: «Aliy: «Usmon haqida faqat yaxshilikni gapiringlar. Allohga qasamki, mus'haflarga qilgan ishida biz (sahobalardan) katta jamoat bor edik», dedi. Yana Aliy: «Agar Usmon ega bo‘lgan narsaga men ham ega bo‘lganimda, mus'haflarga qilgan ishini men ham qilgap bo‘lardim», dedi». Hazrati Aliy roziyallohu anhuning bu kabi so‘zlarii aytishlariga sabab, Usmon roziyallohu anhuga turli xil tuhmatlarni uyushtirgan jamoatning da’volari ichida u kishining mus'haflarni yondirganliklarini ayblash ham bor edi. Hazrati Aliy ushbu so‘zlarni Usmon roziyallohu anhuni mudofaa qilish maqsadida aytgan edilar. Qur’oni Karimning bu xilda yozilishi hazrati Usmon roziyallohu anhuning boshchiliklarida va amrlari bilan bo‘lgani uchun «Rasmi Usmoniy» («Usmon rasmi – yozuvi») deb ataladigan bo‘ldi. Ushbu rasm hozirgacha barcha Qur’oni Karim nusxalarining asli bo‘lib kelmoqda. Bu ish Qur’oni Karim uchun ulug‘ xizmat bo‘lganiga hech kimda zarracha shubha yo‘qdir. KЕYINGI MAVZU: Usmoniy mus'haflar haqida
Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

27.01.2025   602   1 min.
“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, Bosh muftiy Navruzbay hoji Tag‘anuli 2025 yilgi vazifalarga doir ma’ruzasida ma’lum qildi, deya xabar beradi muftyat.kz.

“Imomlarning bilim va malakasini oshirish – zamon talabidir. Bu yo‘nalishdagi ish doimiy nazoratda. Imomlarga chuqur diniy bilim berish maqsadida Ostona shahrida Xusamuddin as-Sig‘oniy nomidagi Islom institutini ochdik va unga xorijdan tajribali ustozlar hamda olimlarni taklif qildik.

     Bu yil Allohning izni bilan institutning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshiramiz va ularni mas’uliyatli diniy lavozimlarga tayinlaymiz. Ushbu xayrli ishlar davomi sifatida Allohning irodasi bilan bu yil Turkiston shahrida “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom institutini ochish taraddudidamiz. Uning asosiy maqsadi janubiy hududdagi imomlarning malakasini oshirishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mazkur o‘quv muassasasi huzurida “Ijoza” berish markazi ham tashkil etiladi. Bu janubiy hudud imomlarining bilim darajasini oshirishga yangi turtki beradi», – dedi Bosh muftiy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari