O‘zA “Tafakkurni o‘zgartirgan asar” rukni ostida jahonga mashhur badiiy, ilmiy-ommabop, psixologik, tarixiy va falsafiy asarlar tahlilini berib boradi. Maqsadimiz – kitobxonlikka hissa qo‘shish. Kolumnist Sevara Alijonova.
Bugun Abu Homid Imom G‘azzoliyning “Mukoshafat-ul qulub” asari tahlili bilan tanishasiz. Unutmang, kitob qarshisida jamiki narsalar nursiz bo‘lib qoladi.
QALBLARNING KASHSHOFI KIM?
Inson halokati va jamiyat tanazzulining bosh sababi – g‘ayriinsoniy tuyg‘ular va xatti-harakatlardir. Kibru havo, shuhratparastlik, riyo, hasad, zolimlik, adolatsizlik kabi tushunchalar kimdaki kurtak otsa, bunday sifatli odamlar qaysiki jamiyatda ko‘p bo‘lsa, halokat shundadir. Xo‘sh, borlig‘imizga singib, qalblarimizni ko‘r qilgan bu qusurlardan qutulmoqning imkoni bormi?
Bir hikmat ahlidan so‘radilar:
Hikmat ahllaridan yana biri shularni aytadi:
Buyuk fiqhshunos olim Imom G‘azzoliyning Islom va inson oldidagi eng buyuk xizmati shundaki, ul zot ana o‘sha illatlarga tashxis qo‘ygan. Bu illatlar uya quradigan joy “inson ruhi”, “inson qalbi” bo‘lgani uchun asarni “Mukoshafat-ul qulub” deb nomlagan. “Mukoshafa” degan arabcha so‘z bizda “ko‘rinmaydigan narsalarni ochish”, “kashf etish” ma’nosini bildiradi, ya’ni insonning o‘zi uchun tushunarsiz bo‘lgan hodisani inkishof yo‘li bilan bilib olishi deganidir. Allohning zot va sifatlarini, boshqa ilohiy sirlarni anglab yetish degan ma’nosi ham bor bu so‘zning. Kitobning nomini keng ma’noda “qalblarni bosib yotgan g‘ayriinsoniy fe’l va tuyg‘ularning kashfi” desa ham bo‘ladi. Mana necha asrlardan buyon u insoniyat uchun ziyo manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda, iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga, jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik xamda saodat yo‘llarini ko‘rsatmoqda.
“Mukoshafat-ul qulub” ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda insoniy his-tuyg‘ular mohiyati hadis va rivoyatlar misolida ochib beriladi. Ikkinchi qismda esa ko‘plab mavzularga takroran murojaat etilib, o‘zimizni, qalbimizdagi neki bor – uni kashf etishimizga yanada urg‘u berilgan. Bizni qanday tuyg‘ular boshqarayotganini, ular bizni qay yo‘l tomon eltayotganini anglasakkina, amalda sobit bo‘lamiz, taskin va halovat topamiz. Aks holda, besh kunlik dunyo hayotini besamar yellarga sovurib, oxir afsus-nadomat komida qolishimiz mumkin.
Ko‘pincha “Allohdan qo‘rqasanmi?” so‘rog‘iga “Ha” yoki “Allohdan qo‘rqaman” debhech ikkilanmay javob beramiz. Allohdan qo‘rqishning asl mohiyati nima o‘zi? Asarda keltirilishicha, Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada namoyon bo‘ladi: til, qalb, ko‘z, me’da, qo‘l, oyoq va itoatda.
Imom G‘azzoliy asarda ana o‘sha yetti alomatni tushuntirish, tavsif etish yo‘lidan boradi. Ular orqali biz yelib-yugurayotgan dunyo hayotining naqadar aldamchi va o‘tkinchi, o‘zni fido qilishga arzimasligini anglab yetamiz. Bu asarni bir marta mutolaa qilgan odam g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, qalb ko‘zlarini ochishi tayin. Ayrim mavzularga to‘xtalib o‘tsak.
Nafs tarbiyasi
Mashhur avliyolardan biri Yahyo ibn Maoz nafs haqida shunday deydilar:
G‘aflat
G‘aflat nadomatni orttiradi. G‘aflat ne’matning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. G‘aflat Alloh yo‘lini pardalaydi. G‘aflat hasadning kuchayishiga, kishining ozorlanishiga sabab bo‘ladi.
Yoqub alayhissalom bilan o‘lim farishtasi Azroil birodarlardek uchrashib turishardi. Bir kuni Azroil ziyoratga kelganida, oralarida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi.
Bu suhbatdan birmuncha vaqt o‘tgach, Hazrat Yoqubning ajali yaqinlashdi. O‘lim farishtasi yana keldi. Hazrat Yoqub so‘radi:
Tafakkur
Hasan Basriy shunday dedi:
Alloh bizga yuborgan kitobi – Qur’onda qayta-qayta tafakkurdan bahs etadi va fikrlash kerak, deb buyuradi. Mana, Allohning buyruqlari:
Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun ibratli dalillar borligi shubhasizdir. (Oli Imron surasi, 190-oyat)
U (Alloh) fikrlab, ibrat olmoqchi bo‘lgan yoki shukr qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o‘rnini bosuvchi qilib qo‘ygan zotdir. (Furqon surasi, 62-oyat)
Dunyo hayoti
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday buyurdilar:
Hazrat Iso deydiki: “Dengiz to‘lqini ustiga kim uy qura oladi? Mana, dunyo hayoti shudir. Uni abadiy qarorgoh qilaman deb o‘ylamang”.
Allohni va uning buyukligini tanigan odam undan qattiq qo‘rqadi va kelgusida azobga duchor bo‘lmaslik uchun nafsini hozirdan tarbiyalab boradi va qilgan gunohlari ustidagi pardalar ochilib, Alloh huzuriga keltirib muhokama qilinishi natijasida jahannamga otilmasidan burun ilohiy axloq asoslariga rioya qiladi.
Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Homid G‘azzoliy asarda “insonning ko‘ngli qachon taskin, halovat topadi”, degan savolga “qachonki u qalblarning kashshofi bo‘lmish Allohning hukmiga rozi bo‘lsa, dunyo hayotining o‘tkinchi xoyu-havaslariga emas, oxiratdagi yuksak maqom va Allohning vasliga intilsa, Alloh u bandaning ko‘nglidagi g‘amni ketkazib, xotirjamlik degan nurni joylaydi”, degan g‘oyani ilgari suradi.
“Mukoshafat-ul qulub” Sharqda “Hujjat ul-Islom” rutbasi bilan mashhur bo‘lgan G‘azzoliyning necha asrlar ilgari yoqqan yuzlab mash’alalaridan bir donasidir. “Bu mash’ala sochgan mangu so‘nmas ziyo dastalari zamonlar osha so‘ngsizlik sari oqib borgusidir. Inson nasli to qiyomatgacha mavjud bo‘larkan, bu asar ham insoniyat uchun mangu ziyo manbai bo‘lib, azob-uqubatlar, g‘am-tashvishlar va behuzurliklar ichida iztirob chekayotgan shaxslar, siymolar va millatlarga huzur-halovat va baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatajak”.
Manba: http://uza.uz
Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston imom-xatiblari uchun davlatchilik, bag‘rikenglik va zamonaviy diniy-ijtimoiy yondashuvlar mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda BAAning taraqqiyot yo‘li, qonun ustuvorligi va "vasatiyya" (o‘rtalik) tamoyilining jamiyat tinchligidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Mamlakatda 200 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq istiqomat qilayotgani ta’kidlanib, inson qadri va o‘zaro hurmat muhim omil ekaniga e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida, BAA vakillari O‘zbekistonning boy sivilizatsiyasi va dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz xizmatini yuksak ehtirom bilan yodga olishdi. Tinglovchilarning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda masjidlarda ma’ruzalarni proyektor va interaktiv taqdimotlar orqali ko‘rgazmali yetkazish tajribasi, shuningdek, imom-xatiblarning jamiyat hayotidagi faol o‘rni ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, tadbirda BAA rahbariyatining dunyo bo‘ylab amalga oshirayotgan insonparvarlik va xayriya loyihalari haqida atroflicha so‘z yuritilib, bu kabi manfaatli ilmiy safarlarni tashkil etgan davlatimiz Rahbari va soha mutasaddilariga minnatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati